Auripigment (lotincha: aurum — oltin va pigmentum — boʻyoq) — mineral. Mishyak sulfidi — As2S3. Tarkibida 61 % As va 39 % S bor. Qattiqligi 1,5—2. S. ogʻ. 3,4—3,5. Rangi oltinsimon-sariq, toʻq sariq, baʼzan qo`ng`ir. Yogʻsimon, yaltiroq, yumshoq. Auripigment epitermal konlar uchun xos boʻlib, realgar AsS, antimonit Sb2S3, oltin va b. minerallar bilan hamda qaynoq mineral buloqlar choʻkindilarida uchraydi. Bundan tashqari, Auripigment vulkan ogʻizlarida, choʻkindi temir konlarida ham boʻladi. Shoh aragʻi (oʻtkir kislotalar aralashmasi) va ishqorda eriydi. Qizdirilsa rangi qizaradi. Elektr oʻtkazmaydi, diamagnit. Auripigment asosan uch oksidli mishyak As203 ishlab chiqarish uchun yoki sariq boʻyoq olishda va koʻnchilik sanoatida terilarni oshlashda ishlatiladi[1].

Auripigment

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Havolalar

tahrir