Aurora Aksnes, sahna nomi "AURORA," norvegiyalik qo‘shiqchi, qo‘shiq muallifi va prodyuser. 1996-yil 15-iyunda Norvegiyaning Stavanger shahrida tug‘ilgan, u ikkita katta opasi: Miranda va Viktoriya Aksnes bilan birga ulg'aygan. Hozirda u Norvegiyaning Bergen shahrida istiqomat qiladi va norveg va ingliz tillarida bemalol gapira oladi.

Aksnes 5 ta studiya albomini chiqardi, eng oxirgisi 2024-yilda chiqarilgan What Happened To The Heart edi. Uning eng mashhur qo‘shig‘i Runaway (All My Demons Greeting Me As A Friend albomidan) bo‘lib, 2014-yilda chiqarilgan. Aurora turli intervyularda ham ko'rinish bergan.

Aksnesning MBTI shaxsiyat turi INFP (introvert, intuitiv, his etuvchi, idrok etuvchi) hisoblanadi. U ham pianino chalishni, ham vokal ijro etishni uddalaydi. 2021-yilda Avstraliya teleradiokompaniyasi (ABC) bilan o‘tkazilgan suhbatda oshkor qilinganidek, u o‘zining "ko‘plab og‘iz mahoratlaridan biri" deb ta’kidlaydigan g‘oyat g‘aroyib sabzi tishlash usulini qila oladi.

Havolalar

tahrir