Avatr 12
Avatr 12 – Xitoyning Avatr kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariluvchi avtomobil[2]. Ilk bor 2023-yil sentyabr oyida Myunxen avtosalonida taqdim etilgan[3].
Avatr 12 | |
---|---|
Asosiy maʼlumotlar | |
Ishlab chiqaruvchi | Avatr |
Model yili | 2023—hozirgacha |
Avvalgi modeli | Avatr 11 |
Zavod(lar) | Chunsin, XXR |
Tasnifi | |
Sinfi | Boshqaruv mashinasi |
Segment | E |
Tezlanishi | 3.9 s[1] |
Yuqori tezligi | 200 km/s |
Oʻlchamlari | |
Gʻildirak bazasi | 3020 mm |
Uzunligi | 5020 mm |
Kengligi | 1999 mm |
Balandligi | 1450 mm |
Vazni | 2300 kg |
Eksteryer | |
Kuzov turi | hetchbek |
Oʻrindiqlar soni | 5 |
Eshiklar soni | 5 |
Boshqa maʼlumotlar | |
Dizayneri |
Nodir Fahihzoda Nicolas Guille Benoit Cauet |
Aloqador avtomobillar |
Zeekr 001, Nio ET7 Rising F7 |
Tarixi
tahrirAvatr kompaniyasi dastlab Changan va Nio tomonidan 2018-yilda tashkil etilgan. Keyinchalik, Nio moliyaviy sabablarga koʻra kompaniya tarkibidan chiqib ketadi. Uning oʻrnini ushbu qoʻshma loyihada Xitoyning yirik batareya ishlab chiqaruvchisi CATL egallaydi. Changan 40% aktsiyalarga egalik qilsa, CATL esa 17% dan ortiq aktsoyalar paketiga egalik qilardi. Qolgan aktsiyalar turli investitsiya fondlariga tegishli edi. Ushbu loyihada Huawei yetakchi yetkazib beruvchi sifatida harakat qiladi. Ayni paytda, Avatrning model liniyasi ikki modelni oʻz ichiga oladi. Bular: Avatr 11 va Avatr 12 hatchbekiavtomobil[4].
Texnik koʻrsatkichlari
tahrirAvtomobilning uzunligi 5020 mm, eni 1999 mm, balandligi 1450 mmni, gʻildiraklar bazasi esa 3020 mm ni tashkil qiladi. Gʻildiraklar diametri 20 yoki 21 dyumni tashkil qiladi. Avatr 12 ramkasiz eshiklarga ega, orqa qismida harakatlanuvchi spoyler oʻrnatilgan va old oynaning pastki qismida 10500 boʻlakchadan iborat boʻlgan displey oʻrnatilgan boʻlib, unda salomlashuvlar, chizmalar va iboralarni dasturlash imkoni mavjud[3].
Avatr 12 ning bazaviy modefikatsiyasi orqa gʻildiraklari tortuvchi 313 ot kuchi va 370 nm quvvatga ega bitta elektr motor bilan jihozlangan dvigatel 94,5 kVt•soat quvvatga ega CATL uchtalik batareyasi bilan ishlaydi, bu esa elektromobilga 700 km masofani bosib o'tish imkonini beradi[5]. Gʻildiraklari toʻliq tortuvchi modifikatsiyasi esa bazaviydan farqli ravishda oldi gʻildiraklarida qoʻshimcha 265 ot kuchi va 280 nm quvvatga ega dvigatel bilan jihozlangan boʻlib, uning umumiy quvvati 578 ot kuchi va 650 N•m ga teng. Ushbu variant 94,5 kVt/soat quvvatga ega uchtalik batareya bilan jihozlangan. Ogʻirligi 2300 kgni tashkil qiladi[3].
Interyer
tahrirAvatr 12 elektromobilining interyeri o'ziga xos ishlangan bo'lib, markaziy konsolda yaxlit ekran o'rnatilgan. Ushbu ekranning diametri 35,4 dyuymga teng. Shuningdek, 15,6 dyuymli sensorli ekran mavjud bo'lib, u HarmonyOS 4 tizimida ishlaydi. Avatr 12 shuningdek, 27 ta karnay va 64 rangli tashqi yoritgichiga ega. Avtomobil ruli shturval shaklida bo'lib, uning yonida uzatmalar qutisi joylashgan. Orqa tomonni ko'rish uchun mo'ljallangan yon oynalar o'rniga kameralar o'rnatilgan bo'lib, uning tasviri markaziy konsoldagi yaxlit ekranning ikki chetiga o'rnatilgan ikkita 6,7 dyuymli monitor orqali ko'rinadi[4].
Markaziy tunnelda ikkita simsiz zaryadlash moslamasi va yashirin bo'linma mavjud. Avtomobil o'rindiqlari Nappa terisidan ishlangan. Avatr 12 ning old o'rindiqlari 114 graduslik burchakkacha yotishi mumkin, hamda ular isitiladi, ventilyatsiya qilinadi va 8 nuqtali massaj funktsiyasi bilan jihozlangan[4].
Komplektatsiya
tahrirToʻliq elektrlashgan xetchbek uchta komplektatsiyada taqdim etilgan boʻlib, birinchisi orqa gʻildiraklari tartuvchi Luxury (RWD), barcha gʻildiraklari tortuvchi Performance (4wd) va eng yuqori darajadagi GT 4wd. Modellar 8 ta serjilo va jilosiz ranglarda taqdim etilgan[5].
Narxi
tahrirElektromobil taqdim etilgan vaqtda Luxury (RWD) 41 265 dollarga, Performance 4wd 46 750 dollarga va GT 4wd 54 895 dollarga sotilishi maʼlum qilindi[4].
2023-yil 10-noyabr kuni oldindan buyurtmalarni qabul qilish boshlangach Avatr 12 ni sotib olish uchun 36 soat ichida 6700 dan ortiq buyurtma qabul qilindi[5].
Galereya
tahrirYana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Брязгунов, Тарас „На рынок выходит новый электромобиль от Huawei с запасом хода 700 км (фото)“. focus.ua. Qaraldi: 3-dekabr.
- ↑ [www.avatr.com/en/12 „阿维塔_阿维塔汽车官网_懂你的智慧化身 avatr.com › en/12“]. avatr.com. Qaraldi: 3-dekabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Владимирский, Игорь „В Германии дебютировал необычный седан Avatr 12“. autorewiew.ru (2023-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 3-dekabr.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 Bobylev, Denis „Avatr 12 launched in China with 578 hp for 41,265 USD“. carnewschina.com. Qaraldi: 3-dekabr.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 „Адаптивная подвеска, 700 км без подзарядки, автопилот, технологии Huawei и тысячи человек в очереди за один день. Каждую минуту продаётся по три новейших автомобиля Avatr 12“. ixbg.com. Qaraldi: 3-dekabr.