Aviasozlar mahallasi(Qorasuv koʻchasi 17) — Hamza tumanidagi mahalla. Maxmur, Bobur va Hamza mahallalari bilan chegaradosh. 1992 yil tashkil topgan. Mahalla nomi 1946 yil Rossiyadan aviatsiya z-dining Toshkentga koʻchirib kelinishi bilan bogʻlik. Mahalla hududida, asosan, shu kasb egalari uchun koʻp qavatli uylar qurilgan. Aholisi 8931 kishi boʻlib, 20 dan ortiq millat vakillari (oʻzbek, rus, qozoq, koreys va boshqalar)dan iborat. Mahalla hududida maktab, 30-mehribonlik uyi, 103-maxsus internat maktab, 3 ta bolalar bogʻchasi, stomatologiya markazi, stadion, dorixona va boshqalar mavjud[1].

Manbalar

tahrir
  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.