Aviatsiya meteorologiyasi — meteorologiya amaliy boʻlimi. Atmosfera hodisalarining samolyot va boshqa uchish apparatlari faoliyatiga taʼsirini oʻrganadi. Samolyotlarning uchishi, koʻtarilishi va ayniqsa qoʻnishiga bulut, kuchli shamol, elektr razryadlari, tuman, yaxmalak, chang-toʻzon va boshqa hodisalar taʼsir qiladi. Shu hodisalarga doir maʼlumotlar maxsus aviameteorologiya markazlarida olinadi. Aeroportlarda esa aviameteorologiya stansiyalari tashkil qilinadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. "Aviatsiya meteorologiyasi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil