Aviatsiya qurollari
Aviatsiya qurollari – harbiy samolyotlar va boshqa harbiy uchish apparatlariga oʻrnatiladigan qurol-aslahalar va ularni qulay ishlatish imkonini be-radigan uskunalar. Aviatsiya qurollari samolyotlarga oʻrnatiladigan qurollarning barcha turlarini, ularni mustahkam oʻrnatadigan vositalarni boshqarish, nishonga olish, bomba tashlash uskuna va moslamalarini, hisoblash uskunalari, aviatsiya aslahalari va bir marta ishlatiladigan boshqa aslahalarni, maxsus yuklarni osa-digan va yuk tashlaydigan uskunalarni oʻz ichiga oladi, shuningdek samolyotlar va boshqa uchish apparatlarida bajariladigan oʻquv mashqlarida ishlatiladigan apparatlar, shatakka olinadigan nishonlar, desant uskunalari ham Aviatsiya qurollari hisoblanadi. Qoʻllaniladigan oʻqdori xillariga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi: raketa, zambarak-pulemyot, bombardimonchi va maxsus Aviatsiya qurollari Raketalar hozirgi zamon samolyotlarining eng asosiy quroli hisoblanadi, ularning boshqariladigan va boshqarilmaydigan xillari boʻladi. Zambarak va pulemyotlar maxsus moslamalar bilan taʼminlanadi. Typli aviatsiya bombalari, bom-ba kassetalari va torpedalar, ularni saqlovchi va tashlovchi uskunalar dushman ob’ektlarini bombardimon qilishda xizmat qiladi. Tutun purkovchi, signal-moʻljallash vositalari, shuningdek tur-li-tuman maxsus yuklarni tashlovchi mos-lama-uskunalar maxsus Aviatsiya qurollari hisoblanadi. Yadro va kimyoviy qurollar ham baʼzan maxsus Aviatsiya qurollari qatoriga kiritiladi. Hozirgi zamon Aviatsiya qurollari mexanika, radiotexnika, elek-tron, optik asbob va qurilmalarning murakkab majmuidan iborat. Aviatsiya qurollari avto-matlashtirilgan va elektrlashtirilgan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |