Avitsennit (Abu Ali ibn Sino nomiga qoʻyilgan) – kam uchraydigan talliy minerali. Kimyoviy formulasi T12O3 (T1 – 79,5%). Qattiqligi 3-5. S. ogʻ. 10,2–10,4. Kub singoniyali. Kristallari mayda. Sinish yuzasi aniq emas. Ran-gi qora. Metalloidlar kabi oʻta yaltiroq. A. 1956-yilda dunyoda birinchi marta X. N. Karpova tomonidan Zirabuloq togʻlarida (Uzumli qishlogʻi yaqinida) oksidlanish zonasida temir-karbonatli yertomirdan topilgan. Silur davrining marmar-lashgan va kvarslashgan ohaktoshlarida limonit, kalsit, dolomit, ankerit bilan birga uchraydi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Avitsennit" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil