Avksentiy Mordinov
Avksentiy Yegorovich Mordinov (1910—1993) — birinchi yoqut faylasufi, falsafa fanlari doktori, professor; Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi[1].
Avksentiy Mordinov | |
---|---|
Tavalludi |
23-fevral 1910-yil Ust-Amginsk naslegi, Tattinsk ulusi, YASSR |
Vafoti |
1-noyabr 1993-yil (83 yoshda) Rossiya |
Fuqaroligi | SSSR Rossiya |
Kasbi | faylasuf olim |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirAvksentiy Mordinov 1910-yil 23-fevralda hozirgi Tattinsk ulusining Ust-Amginsk naslegida kambagʻal oilada tugʻilgan[1].
Toʻqqiz yoshida Chichimaxdagi boshlangʻich maktabiga oʻqishga kiradi, soʻngra Cherkexdagi yetti yillik maktabida oʻqishni davom ettiradi. 1929—1930-yillarda jurnalistik faoliyat bilan shugʻullangan va „Eder Bolshevik“ gazetasining mas’ul kotibi boʻlgan. 1930-yilda Yoqut pedagogika texnikumini tugatib, Moskva falsafa, adabiyot va tarix institutiga oʻqishga kiradi va uni 1934-yilda tugatdi. Moskva shahar qoʻmitasi va komsomol markaziy qoʻmitasi topshirigʻiga asosan Moskva viloyatida universal oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishda ishtirok etgan.
1934-yil oxirida Mordinov oʻz vataniga qaytib keladi va shu vaqtdan boshlab pedagogik faoliyat bilan shugʻullanib, falsafadan dars beradi: 1936-yildan Yoqut pedagogika institutining falsafa kafedrasi mudiri (bir vaqtning oʻzida Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Xalq Komissarlari Soveti huzuridagi Til va madaniyat ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kotibi) boʻlib ishlagan, 1956-yildan Yoqut davlat universitetining falsafa kafedrasi mudiri. 1940-yilda „Proletariat diktaturasi va milliy madaniyat“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini; 1954-yilda „SSSR xalqlari sovet madaniyatining sotsialistik mazmuni va milliy shakli“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi himoya qilgan.
Avksentiy Mordinov 1993-yil 1-noyabrda vafot etgan.
Xotira
tahrirTattinsk gimnaziyasi uning nomi bilan atalgan[2].
Mukofotlari
tahrirAvksentiy Mordinov ikki marta Mehnat Qizil Bayroq ordeni, „Hurmat Belgisi“ ordeni va medallar bilan taqdirlangan[3]. P. A. Oyunskiy nomidagi Davlat mukofoti laureati boʻlgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Авксентий Егорович Мординов“. 2016-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-aprel.
- ↑ „Таттинская гимназия имени А. Е. Мординова“. 2016-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-aprel.
- ↑ „В Таттинском улусе прошли дни науки, посвященные 100-летию со дня рождения А.Е. Мординова“. 2016-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-aprel.