Avlakogen
Avlakogen (yun. aulax – egat va genos – tugʻilish) (geol.) – yoriqlar bilan chegaralangan chuqur va kambar koʻrinishdagi platforma ichki chiziqli suriluvchan zona; "A" terminini 1960-yilda N. S. Shatskiy taklif etgan. U Avlakogenni platformadagi ikkita bir xil zona oraligʻidagi murakkab strukturali egat sifatida belgiladi. Oddiy Avlakogenlar chuqur (ba’zan 5–10 km), kambar (100 km gacha) va ming km gacha uzunlikdagi bukilmadan iborat boʻlib, yoriqlar bilan cheklangan. Avlakogenlar butun platformani kesib oʻtishi yoki biror joyida tugashi mumkin. Avlakogenlar rivojlanib ichki platformali yassi burmali zonaga (Daniya-Polsha avlakogeni) yoki ancha keng va qiya choʻkmasi-neklizalar (Dnepr-Dones avlokogeni) ga aylanadi. Murakkab Avlakogenlar bukilma-grabenlardan tashqari, koʻtaril-magorstlar (mas, Shimoliy Amerika platformasining Vichita zonasi) ham boʻladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |