Avliyoota qoramol zoti
Avliyoota qoramol zoti – sut uchun boqiladigan zot. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida Qirgʻizistonning Talas vodiysi va Qozogʻistonning Avliyoota uyezdi (hozirgi Jambul viloyati)da jaydari zotlarni golland qoramol zoti bilan chatishtirishdan olingan avlodlarni oʻzaro urchitish nuli bilan yaratilgan. 1950-yilda Avliyoota qoramol zoti rasman tasdiqlangan. Avliyoota qoramol zoti asosan ola, ba’zan qora. Buqalarining tirk vazni 800–950 kg, sigirlariniki 450–530 kg. Bir yilda 3000–3800 l, ba’zilari 8000 l gacha sut beradi. Sutining yogʻliligi 3,7– 3,8%. Togʻ yaylovlarida boqishga moslashgan, issiqqa va qon parazit kasalliklari (teylorioz, piro-plazmoz) ga chidamli. Umumiy soni 300 ming boshga yaqin. Asosan Qirgʻiziston va Qozogʻistonda tarqalgan. Oʻzbekistonda Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida ham boqiladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |