Avometr, ampervoltommetr – oʻzgarmas va oʻzgaruvchan (yuqori chasto-tali) tok zanjirlarida tok kuchi, kuch-lanish va qarshilikni oʻlchaydigan uni-versal kuchma asbob. A.larning oʻlchash chegaralari turlicha boʻladi. Ular mag-nitoelektrik va toʻgʻrilagich tizimlarda yasaladi. Magnitoelektrik tizimda yasal-gan A.lar yerdamida oʻzgarmas tok zan-jirlarida tok, kuchlanish va qarshilik oʻlchanadi, toʻgʻrilagich tizimda yasalgan A.lar yerdamida esa ham oʻzgarmas, ham oʻzgaruvchan tok zanjirlarida tok, kuchla-nish va qarshilik oʻlchanadi.A.lar, asosan, magnitoelektrik oʻlchash mexanizmi va yarimoʻtkazgichli toʻgʻrilagich birikmasidan iborat. A.larning tokni oʻlchash chegarasi shunt qarshiligi yerda-mida, kuchlanish va qarshilikni oʻlchash chegarasi esa qoʻshimcha qarshiliklar yer-damida kengaytiriladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Avometr" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil