Avrelian
Avrelian, Lutsiy Domitsiy (214– 275) – Rim imperatori (270 yildan). Du-nay legionlari tomonidan imperator deb e’lon qilingan. A. Rim imperiyasi chegaralarini tiklagan; getlarni Dunay ortiga uloqtirib tashlagan, alemannlarni Resiya va Italiyadan siqib chiqarib, Galliyani boʻysundirgan, biroq Dakiyani qoʻldan chiqargan. Ichki siyosatda mutlaq imperatorlik hokimiyatini oʻrnatishga harakat qilgan (ilk bor rasman janob va tangri – Dominus et deus deb atal-gan), mamlakatda yalpisiga yangi ma’bud – quyosh tangrisiga sajda qilishni jo-riy qilgan. 273-yil Rimda monetariylar harakatini bostirgan. Avrelian davrida Rimni varvarlardan himoya qilish maqsadida Avrelian devori qurilgan (harobalari saqlangan). Avrelian fitnachilar tomonidan oʻldirilgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |