Avstraliya aborigenlari bayrogʻi
Avstraliya aborigenlari bayrogʻi (inglizcha: Australian Aboriginal Flag) ― Avstraliyadagi aborigenlar va tub aholini (maʼlum darajada) tomonidan foydalaniladigan bayroq. 1971-yilda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.
Dizayn
tahrirBayroq 1971-yilda Luritja qabilasidan boʻlgan dizayner Garold Tomas[1] tomonidan aborigenlarning yer masalasidagi huquqlarini ilk marta daʼvo qilishga urinishlari vaqtida ishlab chiqilgan. 1972-yilda „aborigenlar elchixonasi“ tashkil etilayotganda Avstraliya aborigen xalqlarining rasmiy bayrogʻi sifatida tanlab olingan va 1995-yil 14-iyulda uni Avstraliyaning ikkinchi rasmiy bayrogʻi sifatida tan olishgan, 1997-yilda Garold bayroqning muallifi deb tan olingan va unga doir barcha mualliflik huquqlarini qoʻlga kiritgan.
Bayroq qora (yuqori) va qizil (pastki) rangdagi ikkita oʻzaro teng boʻlgan gorizontal chiziqdan iborat, oʻrta qismida oltinrang aylana shakli mavjud.
Bayroqdagi qora rang avstraliyalik aborigenlarni, qizil rang Avstraliya tuprogʻini va aborigenlarning marosimlarida ishlatiladigan oxrani, sariq rang quyoshni, hayotning tugʻilishi va himoyani anglatadi.
Foydalanishi
tahrirBayroq birinchi marta Adelaidada yuqoriga koʻtarilgan. Aborigen bayrogʻi 1995-yilda, oʻng markazchi muxolifatning qarshiligiga qaramay, leyboristlardan boʻlgan bosh vazir Pol Kiting davrida rasman tan olingan. Endilikda u hattoki maktablarda hamAvstraliya milliy bayrogʻi yoniga osib qoʻyiladi. Ayni paytda avstraliyalik „respublikachilar“ („Yashil qitʼa“ ning dominion maqomi muxoliflari) „Aborigenlar bayrogʻi“ ga davlat bayrogʻi maqomini berish masalasini muhokama qilmoqdalar - dizayni Britaniyaning „Union Jek“iga borib taqaladigan mavjud bayroqni almashtirish masalasi ham koʻrib chiqilmoqda.
2010-yilda Garold Tomas „Google“qidiruv tizimining asosiy sahifasidagi vaqtinchalik logotip — dudl sifatida bayroqdan bepul foydalanishi masalasini rad etib, buni "Google" tijorat tashkiloti boʻlganligi sababli kompaniyani bayroqdan foydalanish uchun haq toʻlashga qodir ekanligi bilan izohladi[2].
2022-yilda Avstraliya hukumati Avstraliya aborigenlari bayrogʻining mualliflik huquqini 20,05 million Avstraliya dollari evaziga sotib oldi va litsenziyalarni bekor qildi. Shu paytdan boshlab bayroqdan foydalanish barcha uchun bepul boʻldi[3][4].
Manbalar
tahrir- ↑ „Harold Thomas — Creator of the Aboriginal Flag“ (deadlink). 2009-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-fevral.
- ↑ Oh dear: Google flagged over logo dispute
- ↑ „Власти Австралии выкупили авторские права на флаг аборигенов континента — раньше за его использование требовали плату“. knife.media (2022-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 26-yanvar.
- ↑ Harris, Rob. „Free for all: Copyright for Aboriginal flag transferred to public hands in $20m deal“. Sydney Morning Herald (2012-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 25-yanvar.
Havolalar
tahrir- „NAIDOC - Indigenous Australian flags“ (deadlink). 2014-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-mart.
- „Australian Aboriginal Flag“ (deadlink). Official Australian Government website. 2014-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-mart.
Adabiyotlar
tahrir- Xorton, D. (tahrir.) Aboriginal Avstraliya entsiklopediyasi, Aboriginal tadqiqotlar matbuoti, Kanberra, 1994 yil.