Avstraliya floristik dunyosi – Yer yuzidagi floristik dunyolardan biri. Unga Avstraliya qit’asi kiradi. Avstraliya floristik dunyosi oʻziga xosligi, juda qadimgiligi va endemlarga boyligi bilan ajralib turadi. Chunki mezozoy erasida Avstraliya Osiyoning yondosh qismlariga bogʻlanib turgan. U Osiyodan ajralib qolgandan soʻng oʻsimliklar olami mustaqil, oʻziga xos ravishda rivojlana borgan. Avstraliya floristik dunyosi 12000 dan ziyod toʻrni oʻz ichiga oladi, shundan 570 turkumga mansub 9100 tur endemik (faqat Avstraliyaga xos)dir. Endemik tur-kumlarga Nakea (Proteaceae), Pultennaea (Fabaceac), Boronia (Rutaceae), Dampiera (Goodeniaceae) kabilar kiradi. Bu yerda Platyzomataceae, Austrobaileyaceae, Enblingiaceae, Davidsoniaceae, Akaniaceae kabi endemik oilalar ham bor. Avstraliya oʻsimliklar qoplamining shakllanishida Acacia, Eucalyptus, Casayrina, Melaleuca kabi turkumlarning vakillari katta rol oʻynaydi. Avstraliyaning gʻarbiy va sharqiy qismlarini qadimda uzoq vaqt dengiz ajratib turganligi uchun uning markaziy qismidagi koʻpgina oʻsimlik turlarining areallari bir-biridan uzilib qolgan. Baland togʻlarning yon bagʻirlari va Katta Suvayirgʻich tizma platosining ayrim joylarida oʻrmonlar choʻqqilargacha yetib bormaydi. Subalp va alp oʻtloqlarida shimoliy togʻ oʻsimliklaridan ayiqtovon, binafsha, veronika va gnafalium va boshqa uchraydi.Avstraliyaning shoʻrxok choʻllari (Markaziy rayonlari) shoʻra (qizil shoʻra, olabuta, izen), qumli yerlari qattiq tikanli (ayniqsa Chenopodiaceae oilasiga mansub) oʻsimliklar (triodiya, spini-feks) bilan qoplangan. Bu rayonlarga shimoliy va 110 sharqdan qattiq bargli butazorlar ulanib ketadi. Shimoli-gʻarb va sharqda butazorlar tugab, asta-sekin past boʻyli fillodiya akatsiyalari va evkaliptlar oʻsadigan keng savannalar, undan ham narida savanna oʻrmonlari keladi. Qit’aning janubi-gʻarbida va sharqida dengizga yaqinlashgan sari doim yashil subtropik oʻrmonlar, Marjon dengizi sohillarida esa nam tropik oʻrmonlar – gileyalar bor. Avstraliya floristik dunyosining subtropik va subantraktik oʻrmonlarida bahaybat (balandligi 100 m va diametri 2 m gacha boʻlgan) evkaliptlar, daraxtsimon paporotniklar, sagovniklar va boshqa relikt oʻsimliklar oʻsadi. Avstraliya butun dunyoda ekiladigan va qurgʻoqchilikka chidamli oʻsimliklar (evkalipt va akatsiyalar)ning vatanidir. Avstraliya floristik dunyosidir. oʻsimliklar dunyosining magʻzini qadimgi golantarktida florasi tashkil etadi. Avstraliya floristik dunyosida uchta floristik oblostga boʻlinadi (Taxtajyan, 1978): 1. Shimoli-sharqiy avstraliya oblost. Bu oblost oʻziga xos floraga ega 4 ta provinsiyaga boʻlinadi: 1) Shimoliy avstraliya provinsiyasi; 2) Kvinslend provinsiyasi; 3) Janubi-sharqiy avstraliya provinsiyasi; 4) Tasmaniya oblosti 2)Janubi-gʻarbiy avstraliya oblost bitta – janubi-gʻarbiy avstraliya provinsiyasini oʻz ichiga oladi. 3. Markaziy avstraliya yoki eremey oblosti ham bitta eremey provinsiyasidan iborat[1].

Manbalar

tahrir
  1. "Avstraliya floristik dunyosi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil