Avstraliyaliklar – 1) Avstraliya aborigenlari; anchasi mustamlakachilar tomonidan qirib tashlangan (18-asr oxirida 250–300 ming boʻlsa, 1992-yil 170 mingga yaqin edi). Qisman, rezervatsiyalar deb e’lon qilingan choʻl zonalarida yashaydi. A. katta ekvatorial (negroid-avstraloid) irqqa mansub. Bu irqdagilar qora tanli, keng burunli, yuz qismi turtib chiqqan, toʻlqinsimon sochli, badani va yuzi sertuk. Ular 500 dan ortiq qabilaga boʻlingan. Har bir qabila oʻz tilida (qarang Avstraliya tillari) soʻzlashadi. A. ovchilik, temirchilik, baliqchilik bilan shugʻullanadi. A.ning ilk ajdodlari Janubi-Sharqiy Osiyodan (asosan Indoneziyadan) taxminan 40 ming yillar ilgari kelib joylashgan. Ba’zan Avstraliyaning barcha aholisini A. deb ataydilar. 2) Xalq, Avstraliyaning asosiy aholisi, asosan, Buyuk Britaniyadan koʻchib kelganlarning avlodlari, in-gliz-avstraliyaliklar 13,4 mln. dan ziyod (1992). Ingliz tilining avstraliya she-vasida soʻzlashadi. Xristian dinining katolik, presviterian mazhablariga e’tiqod qiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Avstraliyaliklar" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil