Avstralorp tovuq zoti – goʻsht va tuxum uchun boqiladigan zot. Avstra-liyada 20-asrning 20-yillarida ingliz qora orpington tovuq zoti negizida olingan. Oyoklari kalta, pati tovlanuvchan qora, tanasi choʻziq. Xoʻrozlarining tirik vazni 3,5–4 kg, tovugʻiniki 2,5– 2,7 kg. Bir yilda 180 va undan koʻproq tuxum qiladi. Tuxumlari och jigarrang, vazni oʻrtacha 55–60 g. Asosan Avstraliya va Janubiy Afrikada boqiladi. Oʻzbekistonga 50-yillarda keltirilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Avstralorp tovuq zoti" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil