Avstriya-Italiya-Fransiya urushi
Avstriya-italiya-fransiya urushi (1859) – Sardiniya (Italiya) va Fransiyaning Avstriyaga qarshi urushi. Avstriya Italiyaning Lombardiya, Venesiya viloyatlarini oʻz hukmronligida saqlab kelayotgan edi. 1858-yil iyul oyida Fransiya bilan Pemont (Napoleon III va Pemont bosh vaziri oʻrtasida Avstriyaga qarshi birgalikda urushish uchun Italiya chegarasi yaqinidagi Plomberda maxfiy bitim imzolandi. Bu bitimga koʻra, Pe-mont qirolligi Avstriyadan Lombardiya va Venesiyani ozod etishda yordam berganligi evaziga Savoyya va Nitssa viloyatlarini Fransiyaga berishga rozi boʻldi. A.-I.-Avstriya-italiya-fransiya urushi 1859-yil 29-aprelda boshlandi. Urushda Avstriya katta magʻlubiyatga uch-radi. Syurix bitimi (1859-yil 10-noyabr)ga koʻra Pemont Avstriyadan Lombardi-yani, Turin bitimi (1860-yil)ga binoan esa Fransiya Pemontdan Savoyya va Nitssani olgan.[1]
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |