Avstriya-Turkiya urushlari (16-18-asrlar) – Bolqon yarim orolning shimoliy qismi va Vengriya qirolligi hududiga egalik qilish uchun olib borilgan urushlar. Turk qoʻshinlari Vena shahrini qamal qilishi (1529) bilan boshlangan. 1540–47, 1551-1562, 1566–1568, 1660–1664 yillardagi Avstriya-turkiya urushlari natijasida Vengriya qirolligi hududi taqsimlab olindi. 1683–1699 va 1716–1718 yillardagi urushda Usmonli turk imperiyasi unga qarshi ittifoqchi davlatlar (Avstriya, Polsha, Venesiya, 1686-yildan Rossiya) tomonidan mag'lub etildi. Turkiya Yevropadagi katta hududlaridan ajraldi. 1737–1739 va 1788–1790 yillardagi Avstriya-Turkiya urushlari (1735-1739 va 1787–91 yillardagi Rossiya-Turkiya urushlari bilan qoʻshilib ketgan) Avstriya uchun muvaffaqiyatsiz tugagan, natijada Turkiya Serbiya va Valaxiyaning bir qismini qaytarib olishga erishgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. "Avstriya-Turkiya urushlari" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil