Avstriyada turizm
Avstriyada turizm mamlakat iqtisodiyotining muhim qismini va Avstriya yalpi ichki mahsulotining deyarli 9 foizini tashkil qiladi[1]. Avstriyada har olti aholiga bittadan mehmonxona yotog‘i toʻgʻri keladi, shuningdek, u Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotida turizmdan keladigan eng yuqori daromadga ega mamlakat hisoblanadi. 2007-yil holatiga koʻra, Avstriyada hech boʻlmaganda bir tun tunab qoluvchi sayyohlarning umumiy soni yoz va qish mavsumida bir xil boʻlib, eng yuqori koʻrsatkichlarga fevral va iyul/avgust oylarida erishiladi[1].
2007-yilda Avstriya xalqaro turistik tushumlar miqdori boʻyicha 18,9 milliard AQSh dollari bilan dunyo boʻyicha 9-oʻrinni egalladi[2]. Xalqaro turistlar soni boʻyicha mamlakat 30,8 million sayyoh bilan 12-oʻrinni egallagan[2].
Eng koʻp tashrif buyuriladigan hududlari
tahrirVena shahri yozda ham, qishda ham sayyohlarning asosiy qismini jalb qiladi[1]. Zalsburg yozgi mavsumda 2-oʻrinni egallagan holda Vena bilan solishtirganda kamida bir kecha tunab qoluvchi sayyohlarning taxminan beshdan bir qismiga mezbonlik qiladi[1]. Qish mavsumida Avstriyaning gʻarbiy qismidagi bir qator qishki sport kurortlari tungi sayyohlar soni boʻyicha Zalsburgni ortda qoldirib ketadi: Sölden, Saalbach-Hinterglemm, Ischgl, St. Anton am Arlberg va Obertauern[1].
Avstriyaga tashriflar asosan St. Stephen soborida ibodat qilish, „Heurigen“ (sharobxona)ga borish va romantik Waltz musiqiy tadbirlarida qatnashish maqsadida Vena shahriga uyushtiriladigan sayohatlarni oʻz ichiga oladi. Boshqa tashrif buyurishga arziydigan manzillar qatoriga Mozartning tugʻilgan joyi Zalsburg, Alp togʻlari bilan oʻralgan Tirol poytaxti Insbruk, Avstriyaning eng yirik sobori va zamonaviy madaniy diqqatga sazovor joylariga ega Yuqori Avstriyaning poytaxti Lins va Vachau, Melk hamda Krems oʻrtasida joylashgan Wachau yoki Dunkelsteinerwald kabi uzumzorlarga ega Dunay vodiysini ham qoʻshish mumkin. Mamlakatning gʻarbiy qismida Vorarlberg provinsiyasi Boden koʻliga, sharqiy qismida esa Neusiedl koʻliga tutashadi. Avstriyaning eng koʻp tashrif buyuriladigan uchta diqqatga sazovor joylari Schönbrunn saroyi (yiliga 2,590,000 tashrif buyuruvchi), Schönbrunn hayvonot bogʻi (2,453,987 tashrif buyuruvchi) va Mariazell Basilica cherkovidir (1,500,000 tashrif buyuruvchi)[3].
Sport va tabiati
tahrirAlp togʻlaridagi Avstriyaning changʻi, piyoda sayr qilish va alpinizm kurortlari, shuningdek, oilaviy dam olish joylari (masalan, Tiroldagi Witches’s Water) katta turistik ahamiyatga ega. Shuningdek, Avstriyaning ko‘plab ko‘llari (masalan Zalsburg yoki Wörthersee sharqidagi Salzkammergut kurort hududida joylashgan Wolfgangsee va boshqa koʻllar) hamda qal’alari ham shunday ahamiyatga ega. Vorarlberg va Tirol boʻylab choʻzilgan Ski Arlberg Avstriyadagi eng katta changʻi hududi va dunyodagi eng katta beshta changʻi kurortidan biri hisoblanadi[4].
Sanʼat va madaniyat
tahrirMedia sanʼatiga qiziqqan tashrif buyuruvchilar uchun Linsda Ars Electronica markazi mavjud. 1979-yildan beri ushbu markaz Ars Electronica festivalini tashkil etadi va butun dunyo bo‘ylab media san’ati bo‘yicha eng yuqori darajali mukofot bo‘lgan Prix Ars Electronica mukofotini taqdim etadi[5].
Xalqaro miqyosda tanilgan yillik tadbirlar
tahrirNom | Manzil | Sana | Tavsif |
---|---|---|---|
Bregenzer Festspiele | Bregenz, Vorarlberg | iyul/avgust | Opera festivali |
Vena yangi yil konserti | Vena | 1-yanvar | Klassik musiqa yoʻnalishidagi anʼanaviy konsert |
Internationale Gartenbaumesse Tulln | Tulln, Quyi Avstriya | avgust oyining oxiri | Bogʻdorchilik savdo yarmarkasi, Yevropaning eng katta gullar koʻrgazmasi |
Vena opera bali | Vena | Nasroniy dinida roʻza tutishning muqaddas kuni boʻlgan chorshanba kunidan oldingi payshanba | Bal |
Salzburg festivali | Zalsburg | iyul/avgust | Opera festivali |
Donauinselfest | Vena | iyun oyining oxiri | Dunyodagi eng katta, kirish bepul boʻlgan ochiq musiqa festivali |
Viennale | Vena | oktyabr | Kino festivali |
Ars Electronica festivali | Lins, Yuqori Avstriya | sentyabr | Texnologiya va yangi media sanʼatiga bagʻishlangan festival, jumladan seminarlar, muhokamalar va maʼruzalar boʻlib oʻtadi |
Hahnenkamm poygasi | Kitzbühel, Tirol | yanvar | Changʻi poygasi |
Life Ball | Vena | iyun | OIV va OITS haqida ogohlikka chorlovchi tadbir |
Mamlakatlar boʻyicha tashriflar
tahrirAvstriyaga qisqa muddatga kelgan sayyohlarning aksariyati quyidagi millat vakillaridir[6]:
No. | Mamlakat | 2014-yil | 2015-yil |
---|---|---|---|
1 | Germaniya | 11,750,027 | 12,134,836 |
2 | Niderlandiya | 1,671,581 | 1,734,453 |
3 | Shveysariya | 1,309,660 | 1,400,251 |
4 | Italiya | 1,051,490 | 1,122,936 |
5 | Buyuk Britaniya | 802,552 | 875,664 |
6 | Xitoy | 497,925 | 715,119 |
7 | Chexiya | 660,086 | 711,351 |
8 | AQSh | 632,512 | 708,233 |
9 | Fransiya | 516,770 | 517,708 |
10 | Belgiya | 514,264 | 514,329 |
11 | Vengriya | 493,055 | 501,595 |
12 | Polsha | 425,730 | 456,615 |
13 | Ispaniya | 309,794 | 348,768 |
14 | Daniya | 264,704 | 331,507 |
15 | Rossiya | 467,565 | 313,406 |
16 | Janubiy Koreya | 234,557 | 277,032 |
17 | Ruminiya | 264,704 | 275,806 |
18 | Yaponiya | 245,306 | 236,621 |
19 | Shvetsiya | 205,501 | 224,258 |
20 | Slovakiya | 176,760 | 194,186 |
Jami xorijiy tashrif buyuruvchilar | 25,291,371 | 26,718,945 |
Provinsiyalarning shiorlari
tahrir- Burgenland — Avstriyaning quyoshli tomoni
- Karintiya — Yashash quvonchi
- Quyi Avstriya — Oʻzingizni tirik his eting!
- Yuqori Avstriya — ?
- Zalsburg — Dunyo sahnasi
- Shtiriya — Avstriyaning yashil yuragi
- Tirol — Alp togʻlarining yuragi
- Vena — Hozir. Abadiy.
- Vorarlberg — Tabiatdagi sheʼriyat[7]
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „TOURISMUS IN ÖSTERREICH 2007“ (olmoncha) (PDF). BMWA, WKO, Statistik Austria (2008-yil may). 2008-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-noyabr 2008-yil.
- ↑ 2,0 2,1 „UNTWO World Tourism Barometer, Vol.6 No.2“ (PDF). UNTWO (2008-yil iyun). 2008-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-noyabr 2008-yil.
- ↑ „Die wichtigsten Sehenswürdigkeiten in Österreich“. 30-may 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-may 2010-yil.
- ↑ West. „Die Wiege des alpinen Skilaufs“ (olmoncha). Ski Arlberg, Pool West. Qaraldi: 16-sentabr 2019-yil.
- ↑ „Ars Electronica“ (inglizcha). Ars Electronica. Qaraldi: 16-sentabr 2019-yil.
- ↑ Tourismus in Österreich 2015
- ↑ „Holidays in Vorarlberg Austria - Official Travel Guide & Tourist Information“ (inglizcha). Urlaub in Vorarlberg. Qaraldi: 16-sentabr 2019-yil.
Havolalar
tahrir- Avstriya milliy sayyohlik idorasining rasmiy sayti (Wayback Machine saytida 2019-09-01 sanasida arxivlangan)