Axborot. Tarix. Nazariya. Oqim.
Axborot. Tarix. Nazariya. Oqim (inglizcha: The Information: A History, a Theory, a Flood - amerikalik tarixchi Jeyms Gleykning 2011 yil mart oyida nashr etilgan kitobi. Unda hozirgi axborot asrining kelib chiqishi haqida hikoya qilinadi. Kitob nashr etilganidan keyin u uch hafta davomida New York Times gazetasining bestsellerlari ro'yxatida turgan [1] .
Mundarija
tahrirGleyk asarni Afrikadagi Yevropalik sayohatchilar haqidagi hikoyadan boshlaydi. Ular Afrikaliklarning qishloqlar o'rtasida va hatto uzoq masofalarga xabarlarni uzatish uchun "gapiruvchi barabanlardan " foydalanganini ko'rishadi. Gleyk bunday baraban signalizasiyasining axborot ulashish ta'siridan, shaharlararo telegraf va keyinchalik telefonning paydo bo'lishiga, G'arbning sanoat davrining tijorat va ijtimoiy istiqbollariga o'tadi. Ushbu texnologiyalarni takomillashtirish bo'yicha tadqiqotlar oxir-oqibat zamonaviy axborot texnologiyalariga olib keldi.
Ramziy yozuvni rivojlanish davridan boshlab, Gleyk axborot texnologiyalari rivojlanishining Markaziy intellektual kashfiyotlar tarixini o'rganadi. Jumladan, Klod Shennon, Charlz Bebbaj, Ada Bayron, Semyuel Morse, Alan Tyuring, Stiven Xoking, Richard Dokins kabi olim va ixtirochilar haqida batafsil ma'lumot beradi. Muallif, shuningdek, raqamli axborot fizika va genetika bilan bog'liq holda qanday qo'llanilini o'rganadi.
Gleyk, shuningdek, Vikipediya ni rivojlanayotgan Yangi Bobil sifatida gapiradi. Uning foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan keng mazmuni, jumladan, inklyuzivistlar va vandallar o'rtasidagi davomiy kurash oqibatlarini o'rganadi.
Gleykning fikricha, axborot oqimi insoniyat oldida yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Uning ta'kidlashicha, biz hozir insoniyat tarixidagi har qanday vaqtdan ko'ra ko'proq o'z axborotlarimizni saqlashga urinayapmiz. Demakki, keraksiz ma'lumotlarni to'plashdan ko'ra uni o'chirishga ko'proq harakat talab etiladi.
Tanqid
tahrirFantast yozuvchi Kori Doktorou o'z kitobida Gleykni "barcha davrlarning eng buyuk ilmiy yozuvchilaridan biri", "Olimlarning tarjimai holini yozuvchi emas, balki asl g'oyaning biografi" [2] deb atagan. Slate'dagi Tim Vu "nazariyaning aqlga sig'maydigan izohini" yuqori baholaydi, lekin Gleyk axborotning iqtisodiy oqibatlarini chuqurroq o'rganishi kerakligini ta'kidlab o'tadi [3] . The Guardian uchun maqolalar yozadigan Jan Pindar, kitob axborot ustidan ijtimoiy nazorat (senzura, tashviqot) va siyosiy hokimiyatga kirish o'rtasidagi munosabatlarni to'liq ko'rib chiqmaganini ko'rsatadi[4] .
Mukofot va sovrinlar
tahrir- 2012 yil Qirollikning Vinton jamiyati ilmiy kitoblar uchun mukofoti
- 2012 yil PEN/EO Uilson adabiy ilm-fan yo'nalishida yozuvchilar uchun tanlovi sovrindori
- 2012 yil Endryu Karnegi nomidagi hujjatli adabiyot yo'nalishida a'lo ko'rsatkichlari uchun medal
- 2012 yil Hessel-Tiltman mukofoti sovrindori
- 2011 yil Circle Awardda Milliy kitob mukofotiga nomzod
- Salon Kitob mukofoti 2011 (badiiy bo'lmagan)
- 2011 yilda Nyu-York Taymsning eng ko'p sotilgan kitobi
- 2011 yilda Time jurnaliga ko'ra yilning eng yaxshi kitobi
- ↑ „Best Sellers“. The New York Times (2011-yil 27-may). 2016-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 7-iyul.
- ↑ Doctorow, Cory. „James Gleick's tour-de-force: The Information, a natural history of information theory“. Boing Boing (2011-yil 24-mart). 2021-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 15-iyun.
- ↑ Wu, Tim. „Bit by Bit: James Gleick on the fascinating quest to understand and wield information.“. Slate (2011-yil 28-mart). 2018-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-mart.
- ↑ Pindar, Ian. „How a costly toy came to transform our world“. The Guardian (2011-yil 30-aprel). 2021-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 23-may.