Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lugʻati
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izohli lugʻati. Lugʻat Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va Oʻzbekiston Respublikasi hukumati oʻrtasidagi qoʻshma “Oʻzbekiston Respublikasi hukumatiga mamlakat rivojlanishi uchun AKT siyosatini shakllantirish va joriy etishda koʻmak” (ICTP) loyihasi tomonidan Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash hamda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan[1].
Asl nomi | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izohli lugʻati |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | axborot texnologiyalari |
Nashr etilgan sanasi |
2004–yilda |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2010–yilda |
Sahifalar soni | 576 |
Lugʻat 2004-yilda chop etilgan izohli lugʻatning ikkinchi nashri boʻlib, unga yangi atamalar kiritilgan, ayrim kam ishlatilayotgan tushunchalar chiqarilgan, bundan tashqari, baʼzi bir taʼriflarga grafik materiallar qoʻshilgan. Lugʻat Oʻzbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yanada ommaviylashishi uchun xizmat qilishga moʻljallangan.