Axel Toupane
Axel Tupane (1992-yil 23-iyulda tugʻilgan) — LNB Pro A ning Parij Basketbol jamoasining fransuz professional basketbolchisi hisoblanadi. Toupane shuningdek, Fransiya terma jamoasini xalqaro tadbirlarda himoya qilib keladi[1]. 2,01 m balandlikga[2] va 101 kg (223 funt) ogʻirlikka ega boʻlib, u uloqtirish himoyachisi va kichik hujumchi pozitsiyalarida oʻynaydi.
![]() | |
№. 33 – Paris Basketball | |
---|---|
Pozitsiyasi | Hujumchi |
Liga |
LNB Pro A EuroCup |
Shaxsiy maʼlumot | |
Tavalludi |
23-iyul 1992-yil Mulhouse, Fransiya |
Millati | Fransuz |
Boʻyi | 6 ft 7 in (2.01 m) |
Vazni | 210 lb (95 kg) |
Karyera maʼlumoti | |
MBA drafti | 2014-yil / Tanlanmagan |
Oʻyin karyerasi | 2011-yil-hozirgacha |
Statistikalar NBA.com saytida | |
Statistikalar Basketball-Reference.com saytida |
Professional faoliyati tahrir
SIG Strasbourg (2011—2015-yil) tahrir
2008-yildan 2011-yilgacha Toupan 2011—2012-yilgi LNB Pro A mavsumi uchun SIG Strasbourg katta jamoasiga qoʻshilishdan oldin Élan Béarnais Pau-Orthez va SIG Strasbourg 21 yoshgacha boʻlgan jamoalarida oʻynagan. Yangi oʻyinchi sifatida u Fransiya Pro A ligasining 22 oʻyinida oʻrtacha 2,5 ochko va 1,4 ribaund toʻplagan. 2012—2013-yilgi mavsumda Tupan 35 oʻyinda oʻrtacha 3,9 ochko va 1,9 ribaund toʻplagan, yuqoridagi natijalari bilan Strasburgga Fransiya Liderlar Kubogi finaliga chiqishga yordam bergan. U keyingi mavsumda ancha samarali oʻyin korsatgan, chunki u har bir oʻyinda oʻrtacha 6,1 ochko va 2,5 ribaund toʻplagan va jami 41 oʻyinda maydonga tushgan.
Žalgiris (2017—2018-yillar) tahrir
2017-yilning 27-iyulida Toupane LKL ligasining Litvaning „Jalgiris“ klubi bilan shartnoma imzolagan[3][4][5]. Uning mustahkam himoyasi jamoaga Yevroligada ham yordam bergan, u erda Žalgiris 19 yil ichida birinchi marotaba chorak finaliga yoʻllanma olgan va uchinchi oʻrinni egallagan. Bundan tashqari LKLda, Zalgiris ketma-ket sakkizinchi LKL chempionligini qoʻlga kiritgan. Toupane liga kubogi seriyasining eng yaxshi oʻyinchilaridan biri boʻlib, Zalgirisga bir nechta g‘alabalar keltirgan.
Unicaja (2019—2020-yil) tahrir
2019-yil 21-avgustda Toupane Liga ACBning Unicaja bilan 1+1 yillik shartnoma imzolagan[6].
SIG Strasbourg (2020-yil) tahrir
2020-yil 1-sentyabrda Toupane SIG Strasbourg bilan 17-oktyabrgacha shartnoma imzolagan[7].
Santa Cruz Warriorsga qaytish (2021-yil) tahrir
2021-yil 15-oktyabrda Toupane Golden State Warriors bilan shartnoma imzolagan[8], ammo ertasi kuni bekor qilingan[9]. 25-oktyabrda u Santa Kruz jWarrios tomonidan qayta sotib olingan[10].
Shaxsiy hayoti tahrir
Toupane — basketbol murabbiyi va asli senegallik sobiq futbolchi Jan-Aime Tupanning oʻgʻli boʻib, onasi fransuz boʻlgan.
Manbalar tahrir
- ↑ „Axel Toupane Player Profile“. RealGM.com. Qaraldi: 17-iyul 2015-yil.
- ↑ TOUPANE, AXEL HEIGHT: 2.01.
- ↑ „Rimtas pastiprinimas: "Žalgiryje" – NBA patirties turintis prancūzas“. Krepsinis.lt. Qaraldi: 27-iyul 2017-yil.
- ↑ „Axelis Toupane'as – solidžiai besiginantis ir puolime vis tobulėjantis atletas“ (lt). BasketNews.lt. Qaraldi: 27-iyul 2017-yil.
- ↑ „"Žalgiris" rado žmogų, kuris aikštėje gali daryti praktiškai viską“ (lt). Krepsinis.net. Qaraldi: 27-iyul 2017-yil.
- ↑ „Unicaja Malaga inks Axel Toupane“ (En). Sportando (21-avgust 2019-yil). Qaraldi: 21-avgust 2019-yil.
- ↑ „Axel Toupane inks with SIG Strasbourg until October 17“. Sportando (1-sentyabr 2020-yil). Qaraldi: 1-sentyabr 2020-yil.
- ↑ „Warriors Sign Axel Toupane“. NBA.com (15-oktyabr 2021-yil). Qaraldi: 16-oktyabr 2021-yil.
- ↑ „Warriors Waive L.J. Figueroa and Axel Toupane“. NBA.com (16-oktyabr 2021-yil). Qaraldi: 23-oktyabr 2021-yil.
- ↑ „Santa Cruz Warriors Announce 2021 Training Camp Roster“. NBA.com (25-oktyabr 2021-yil). Qaraldi: 6-yanvar 2022-yil.