Aylanma harakat- Qattiq jism aylanganda uning aylanish oʻqida yotmagan har bir nuqtasi aylana yasaydigan hara-kat. Bunda har qaysi aylana tekisligi qoʻzgʻalmas toʻgʻri chi-ziq aylanish oʻqiga tik boʻladi, aylanalarning markazi esa shu oʻqda yotadi. Aylanma harakat burchak tezligi va burchak tezlanishi bilan ifodalanadi. Aylanma harakatda ayrim kattaliklar-Ayalanma harakatni ifodalashda R va Δφ qutb koordinatalaridan foydalanish qulaydir. Bu yerda R(radius) – qutbdan moddiy nuqtagacha boʻlgan masofa-dir, φ–qutb burchagi (burilish burchagi). Kuch momenti- Kuch momenti bu jismni biror oʻq atrofida aylantiruvchi kuchning oʻlchovi. Chiziqli kine-matikada kuch jismning tezlanishi sababchisi boʻlsa, aylanma hara-katda kuch momenti burchak tezlanishning sababchisi hisoblanadi. Kuch momenti vektor kattalik. Kuch mo-mentining yoʻnalishi taʼsir etuvchi kuchning yoʻnalishiga bogʻliq. Kuch momentini hisoblash formulasi- Oʻqga nisbatan kuch momenti yoki oddiygina kuch momenti kuchning radiusga perpendikulyar boʻlgan va kuch qoʻllash nuqtasida chizilgan toʻgʻri chiziqqa proyeksi-yasi, bu nuqtadan oʻqgacha boʻlgan masofa-ga koʻpaytriladi. Impuls momenti- Moddiy nuqtaning impulsi r = m*v. Mazkur moddiy impulsning ixti-yoriy qoʻzgʻalmas O nuqtaga nisbatan momenti quyidagi koʻpaytma bilan aniqlanadi. Impuls momentini hisoblash formulasi- Tezlik bilan hara-katlayotgan m massa-li moddiy nuqta im-pulsga ega. Mazkur moddiy impulsning ixtiyoriy qoʻzgʻalmas O nuqtaga nisbatan momenti quyidagi koʻpmaytma bilan aniqlanadi. Impuls momentining saqlanish qonuni- Zarrachalar yoki jismlar sistemasining impuls momentlari bu sistemaga kiruvchi barcha jismlar impuls momentlarining vektor yigʻindisiga teng. Inersiya momenti-Biror m massali nuqtaviy jismning aylanish oʻqiga nisbatan inersiya momenti deb uning massasini aylanish radiusining kvadratiga koʻpaytmasi bilan ifodalanuvchi kattalikka aytiladi. I=m*R2 qattiq jismning inersiya mo-menti uning qismlari inersiya momentlarining yigʻindisiga teng. Inersiya momenti ayrim manbalarda aylan-ma harakat inersiyasi deb ham ataladi. Shuningdek, u ikkinchi massa momenti deb ham aytiladi. „ikkinchi“ soʻzi u kuch yelkasining kvadratiga toʻgʻri proporsional ekani-ni bildirish uchun ishlati-ladi. Shteyner teoremasi-Berilgan jismning ixtiyo-riy oʻqqa nisbatan inersiya momenti, shu oʻqqa parallel va jismlar massa markazidan oʻtuvchi oʻqqa nisbatan I0 inersiya momenti bilan uning massasi va aylanish oʻqidan ogʻirlik markazigacha boʻlgan masofa kvadrati koʻpaytmasining yigʻindisiga teng.