Ayolgʻu (saylanma)

shoir Faxriyorga tegishli saylanma

Ayolgʻu – shoir hamda tarjimon Faxriyor tomonidan yozilgan saylanma[1][2][3]. Saylanma dastlab 2000-yilda Sharq nashriyoti-matbaa konserni tomonidan nashrga tayyorlangan boʻlib, asar ichida sheʼrlar, doston va tarjimalar oʻrin egallagan. Shoir bu asarni otasi Nasriddin Nizom oʻgʻli va onasi Xosiyat Qoplon qiziga bagʻishlaganini kitobning ilk sahifasida eslatib oʻtgan.

Ayolgʻu

Ayolgʻu asarining titul beti.
Muallif(lar) Faxriyor
Muharrir(lar) Ahror Ahmedov
Barnobek Eshpoʻlatov
Bezovchi(lar) Yelena Rahmanina
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i doston, sheʼr va tarjimalar.
Nashr etilgan sanasi 2000-yil
Nashriyot Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi
Sahifalar soni 254

Boʻlimlari

tahrir

Saylanma uch boʻlimdan iborat boʻlib, birinchi boʻlim „Dardning shakli“ ikkinchi boʻlim „Ayolgʻu“, uchinchi boʻlim esa „Ruhunat“ deb nomlangan. Shuningdek, toʻrtinchi boʻlimga Pablo Neruda va Maris Chaklaysdan qilingan tarjimalar kiritilgan.

Saylanma borasidagi fikrlar

tahrir

Saylanma uchun soʻzboshi yozuvchi Ahmad Aʼzam tomonidan yozilgan[4]. Yozuvchi kirish qismida asar borasida quyidagi taʼrifni berib oʻtgan:

Albatta, toʻplamga soʻzboshi yozganda „eng…“ degan maqtov aytgingiz keladi. Lekin „Ayolgʻu“ga shu maqtov shart emas, meningcha, chunki undagi sheʼrlarni oʻqib-maqtash oʻqiganlarning oʻz ishi boʻlib qoladi. Siz ham bir oʻqib koʻring. Men oʻqiganda shu xayollarga bordim, siz oʻqiganda oʻzingizdagi boshqa teranroq xayollarga borsangiz kerak.

Adabiyotshunos Umarali Normatov boʻlsa quyidagicha taʼrif bergan:

Faxriyor saylanmasining „Ayolgʻu“ deb nomlanishi ham bejiz emas. U qadim cholgʻu asbobining nomi. Sof turkiy oʻlan, ashula, kuy, ohang, taʼsirli qoʻshiq degani. Avvalo „Ayolgʻu“ nomi bilan atalgan dostonni, shu saylanmadagi boshqa doston va sheʼrlarni oʻqisangiz, sof „modern“ koʻrinishidagi deyarli barcha asrlar qaʼridan aks-sado berib turgan qadim ayolgʻu navolarini toʻyib eshitib turasiz. Bunaqasini boshqa xalqlar adabiyotidan topolmaysiz. Qisqa qilib aytganda oʻzbek modern adabiyoti taqlidchi emas, u oʻz yoʻlidan bormoqda[5].

Manbalar

tahrir
  1. „Разбить чеховское пенсне. «Вольный копейщик» Фахриёр Низамов – о поэзии, традициях и колеблющихся камнях“. 2023-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-noyabr.
  2. oyina.uz „Shoir, tarjimon Faxriyor “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi“ (uz). Oyina.uz. 2023-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
  3. oyina.uz „Anʼanaviy adabiyot qoidalariga sigʻmaydigan shoir – Faxriyorning qolipsiz sheʼrlari tahlili“ (uz). Oyina.uz. 2023-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
  4. „Tafakkur shakllari ⋆ WWW.MALUMOT.RU - Malumotlar bazasi“ (ru-RU). WWW.MALUMOT.RU - Malumotlar bazasi (2021-yil 21-fevral). Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
  5. „OʻZBEK SHE’RIYATIDA YANGICHA USLUB KASHSHOFI (Faxriyor ijodi haqida)“. 2023-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-noyabr.