Ayollar tengligi kuni
Xotin-qizlar tengligi kuni — Amerika Qoʻshma Shtatlarida 1920-yilda shtatlar va federal hukumatga ayol jinsli fuqarolarga ovoz berish huquqini rad etishni taqiqlovchi, Konstitutsiyaga oʻn toʻqqizinchi tuzatish (XIX tuzatish) qabul qilinganligi munosabati bilan 26-avgust kuni nishonlanadi. Mazkur kun birinchi marta 1971-yilda nishonlangan. 1973-yilda Kongress tomonidan belgilangan va endilkda har yili Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti tomonidan eʼlon qilinadi.
Ayollar tengligi kuni | |
---|---|
House Bill. 1-bet. | |
Nishonlovchilar | AQSh |
Turi | Tarixiy |
Ahamiyati | Ayollarga saylov huquqini bergan XIX tuzatishni nishonlash kuni |
Sana | 26-avgust |
Tarixi
tahrirBu sana 1920-yilda Davlat kotibi Bainbridge Colby amerikalik ayollarga konstitutsiyaviy ovoz berish huquqini beruvchi deklaratsiyani imzolagan kunni nishonlash uchun tanlangan[1]. 1971-yilda, 1970-yilda boʻlib oʻtgan ayollarning tenglik uchun milliy ish tashlashidan soʻng[2] va yana 1973-yilda Teng huquqlarga tuzatishlar uchun kurashlar davom etar ekan, Nyu-Yorklik kongressmen Bella Abzug 26-avgustni Ayollar tengligi kuni deb belgilash toʻgʻrisida rezolyutsiyani taqdim etdi.
1972-yilda Prezident Richard Nikson 1972-yil 26-avgustni „Ayollar huquqlari kuni“ deb belgilagan 4147-sonli deklaratsiyani eʼlon qildi[3]. 1973-yil 16-avgustda Kongress HJ Res. 52-sonli qarorda 26-avgust ayollar tengligi kuni sifatida belgilanishi va „Prezidentga 1920-yilda Amerikada ayollarga birinchi marta ovoz berish huquqi kafolatlangan oʻsha kunni nishonlash uchun eʼlon chiqarishga vakolat berilgan“ligi belgilangan[4]. Oʻsha kuni Prezident Nikson Ayollar tengligi kuni uchun 4236-sonli deklaratsiyani eʼlon qildi, u qisman shunday boshlandi: „Ayollarning saylov huquqi uchun kurash ayollarning xalqimiz hayotida toʻliq va teng ishtirok etishi uchun birinchi qadam edi. Soʻnggi yillarda biz qonunlarimiz orqali jinsiy kamsitishlarga qarshi kurashish va ayollar uchun teng iqtisodiy imkoniyatlarni yaratish uchun yangi yoʻllarni ochish orqali boshqa ulkan yutuqlarga erishdik. Bugungi kunda jamiyatimizning deyarli barcha sohalarida ayollar Amerika hayoti sifatiga muhim hissa qoʻshmoqda. Va shunga qaramay, hali qilinishi kerak boʻlgan koʻp narsa bor“[5].
2021-yil holatiga koʻra Richard Nikson prezidentlik davridan beri har bir prezident har yili 26-avgustni Ayollar tengligi kuni deb eʼlon qiladi[6].
Yana qarang
tahrirAyollarni sharaflaydigan boshqa bayramlar
tahrir- Rosa Parks kuni (4-fevral / 1-dekabr)
- Milliy qizlar va ayollar sporti kuni (fevral oyining birinchi haftasining bir kuni)
- Syuzan B. Entoni kuni (15-fevral)
- Xalqaro xotin-qizlar kuni (8-mart)
- Harriet Tubman kuni (10-mart)
- Helen Keller kuni (27-iyun)
- Janubiy Afrikada Milliy Xotin-qizlar kuni (9-avgust)
Manbalar
tahrir- ↑ Gustafson. „"Women's Equality Day"“. We're History (26-avgust 2016-yil).
- ↑ „Womenʼs Equality Day“, Click! The Ongoing Feminist Revolution
- ↑ „Proclamation 4147—Women's Rights Day“.
- ↑ Text of Public Law 93-105, authorizing the designation of Womenʼs Equality Day (pdf). August 16, 1973.
- ↑ 1973 Proclamation by President Nixon, The American Presidency Project.
- ↑ Search page, „Equality Day“, The American Presidency Project.
Havolalar
tahrirOʻn yilliklar boʻyicha Prezidentning Ayollar tengligi kuni eʼlonlari
tahrir- 1970-yillar: 1972 (Ayollar huquqlari kuni deb ataladi), 1973, 1974, 1975, 1976, 1977, 1978, 1979, 1980
- 1980-yillar: 1981, 1982, 1983, 1984, 1985, 1986, 1987, 1988, 1989, 1990
- 1990-yillar: 1991, 1992 (Wayback Machine saytida 2018-08-25 sanasida arxivlangan), 1993, 1994, 1995, 1996, 1997, 1998, 1999, 2000
- 2000-yillar: 2001, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2008, 2009, 2010
- 2010-yillar: 2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016 ,</img> , 2018 yil