Ayri ota masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Masjid
Ayri ota masjidi
Ayri ota
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Zangiota
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Jahongir domla Choriyev
Gumbazlar soni 1
Gumbazlar soni 1
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Joylashuvi va faoliyati

tahrir

Ayri ota jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Guliston nomli qishloq fuqarolar yigʻini, Oʻzbekiston jamoa xoʻjaligi Guliston koʻchasi joylashgan. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Jahongir domla Choriyev boʻlib, ushbu masjidga Hasanboy qishloq fuqarolar yigʻini, Guliston mahallasida istiqomat qiluvchi mahalliy aholilar, hamda, unga yaqin boʻlgan mahalla fuqarolari yigʻinidan, Jumladan, Madaniyat koʻchasi, Taraqqiyot koʻchasi, Mustaqillik koʻchasi, Mezon koʻchasi, Oʻzbekiston koʻchasi, Otchopar koʻchasi, Chimkent shox koʻchasi, Kangali koʻchasi, Urdak koʻchasi kabi mangilgohdan tashrif buyurishib, namoz ibotanini ado etishadi. Ayri ota masjidi tumanning chekka hududida joylashganligiga qaramay, ushbu masjidda Juma namozi, Ramazon va Qurbon hayiti namoz vaqtlarida koʻplab namozxonlar, aholilar, yoʻlovchilar bilan doimiy ravishda gavjum boʻladi.

Tarixi

tahrir

Ayri ota jome masjidi qachon barpo etilganligi haqida aniq va yetarli maʼlumotlar mavjud emas. Ushbu masjid joylashgan hudud oldin Toshkent tumaniga qarashli boʻlgan. Masjid binosi bir necha yillar oldin mahalliy aholining hashar yoʻli bilan, shuningdek, homiylar, ulamolar, mahalla faollari, tadbirkorlar tomonidan qaytadan barpo etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 1998-yil 29-sentabr kuni roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan[2].

Manbalar

tahrir
  1. „АЙРИ ОТА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  2. „Информация о компании“. uzorg.info. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.