Aytishuv – folklor janri. Turkiy xalqlar ogʻzaki ijodida A. badihagoʻy xalq shoirlari, baxshi, jirov, oqin, xalfa va laparchilarning oʻziga xos musobaqasi, mushoira yoʻli va ular iste’dodini belgilovchi oʻziga xos sinov hisoblanadi. Bundan tashqari, biror epik mazmundagi fol-klor asarlari tarkibida ham uchraydi. Xususan, "Goʻrugʻli" turkum dostonlari, "Oshiq Gʻarib va Shohsanam", "Bo-zirgon va Goʻrugʻli" singari dostonlar qahramonlari faoliyatini yana ham yorqin namoyon etishda, ularning she’riy iste’dodi, quvvayi hofizasi qay darajadali-gini koʻrsatishda A. lardan foydalanil-gan. A. janri 19-asrda keng tarqalgan boʻlib, xalq baxshilari, oqinlari, ji-rovlari xalq oldida badiha yoʻli bilan belgilangan mavzu doirasida oʻzaro ijo-247diy musobaqa qilishgan. Unda tanlangan mavzudan chiqib ketmaslik, an’anaga rioya etishlik, badiiy mahorat darajasi, tinglovchilarga mos kuylashlik kabi mezonlar hisobga olingan. A. faqat xalq baxshilari, shoirlari, jirovlari, oqinlari oʻrtasidagi ijodiy musobaqa boʻlib qolmay, oʻz navbatida, xalq mil-liy marosim va an’analarida yigitlar bilan qizlarning yoki ikki guruhning oʻzaro sezgirlik, zukkolik va hozirjavoblik koʻrigi sifatida ham mashhurdir. A.ning yozib olingan namunalari oʻzbek folklo-ri arxivlarida ham mavjud.