Azi - zardushtiylikda ochko‘zlik, suq devi. Nashrlarda oz, oziy shaklida ham yozishadi. Axriman yovuzliklaridan biri. To‘ymaslik, qanoatsizlik ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Zardushtiylikning koinot, kosmologik yaralish masalalariga bag‘ishlangan “Bundaxishn” kitobida “Hech qachon to‘ymaydigan, qanoatsiz devdirki, uning ko‘zlari dashtu biyobondek bo‘m- cheku chegarasiz” deb ta’riflangan. Asqar Mahkam o‘zbekcha “ochko‘z” so‘zini shu so‘z bilan bog‘liq izohlash haqida tahmin bildirgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 22.

Adabiyotlar

tahrir
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.