Azim
Azim (arabcha: عظيم) ― arabcha erkak ismi boʻlib, arab tilidan tarjima qilinganda „buyuk“, „olijanob“, „jiddiy“, „ajoyib“, „aʼlo“ degan maʼnolarni anglatadi. Islomga eʼtiqod qiluvchi koʻplab xalqlar orasida keng tarqalgan[1].
Al Azim
tahrirAl-Azim (arabcha ạlʿḸym — al-'azim) — Allohning ismlaridan biri boʻlib, faqat Allohga murojaat qilish uchun ishlatilishi mumkin. Al-Azim ismi Qur’onda 4 marta ishlatilgan. U Allohning buyukligi tushunchasi bilan bogʻliq koʻpgina maʼnolarga ega. Islom ilohiyotshunoslari Al-Azim ismiga quyidagi taʼriflarni beradilar: Eng ulugʻ; ulugʻligi buyukligining chegarasi yoʻq; Martabasining chegarasi yoʻq; Xech kimsaga oʻxshamaydigan; Hech kimsa anglay olmaydigan, oʻzining asl mohiyati va buyukligi hamma narsadan ustun boʻlgan zotdir[2].
Abd al-Azim
tahrirAbd al-Azim (arab. ʿbd ạlʿḸym — 'Abdu-l-'Azim) — arabcha kelib chiqishi ikki qismli erkak ismi. Abdul-Azim ismi ikki soʻzdan iborat boʻlib, Abd (xizmatkor, qul) va al-Azim (Eng ulugʻ) boʻlib, arab tilidan tarjima qilinganda „Eng buyukning quli“, „Eng buyukning xizmatkori“ degan maʼnoni anglatadi[3].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Баранов Х. К. Арабско-русский словарь: ок. 42 000 слов. — 3-е изд. — М., 2001. — С.524.
- ↑ аль-Бакара 2:105, аль-Бакара 2:255, Аш-Шура 42:4, аль-Вакиʻа 56:96
- ↑ Аль-Азим // Прекрасные имена Аллаха.[sayt ishlamaydi] Wasat.Ru