Aziz Abdurazzoq
Aziz Abdurazzoq — 1928-yili Toshkentda tavallud topgan. Oʻrta maktabdan so‘ng madaniy-oqartuv bilim yurtida tahsil oladi. So‘ngra Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida o‘qiydi. U ko‘p kasbdoshlari kabi jurnalist sifatida „Yosh leninchi“ ro‘znomasi, „Sharq yulduzi“, „Guliston“ kabi oynomalarda faoliyat ko‘rsatadi. Hozirda ko‘p yillardan beri Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasida ishlaydi.
„Qalb nuri“ to‘plamiga kirgan ko‘pchilik sheʼrlar shoirning ellik yilligi yakuni sifatida saylanma tarzida eʼlon qilingan. Turob To‘la aytganidek, uning har bir sheʼridan, yaʼni "Aziz sheʼrlaridan non hidi keladi, o‘zl kezib o‘tgan bog‘lar, dala-dashtlar hidi keladi".
Ayni chog‘da uning bolalar uchun yozilgan „Oh, qanday shirin“ (1977), „Qiz va lola“ (1979), „Tap-tap elak“ (1981) kabi o‘nlab asarlari chop bo‘ldi. Ularda beg‘ubor yoshlik tuyg‘ulari, sho‘x, kulgili, baʼzan hajviy, kinoyali tarzda o‘z ifodasini topdi.
U tarjimon sifatida M. Lermontov, T. Shevchenko hamda amerikalik mashhur shoir G. Longfello asarlarini o‘zbekchalashtirgan. Uning asarlari o‘nlab o‘zga tillarga ham o‘girilgan.[1]
Toʻplamlari
tahrir- „Do‘stlarimga“ (1959)
- „Yapa bahor“ (1961)
- „Mavj“ (1965)
- „Bodom gulladi“ (1965)
- „Lirika“ (1970)
- „Aziz odamlar“ (1975)
- „Shoʻx yomgʻir“ (1975)
- „Qalb nuri“ (1978)
- „Yostiqdan chiqqan ertaklar“ (1988)
- „Bog‘da bitgan ertaklar“ (1989)
- „To‘rt og‘ayni botirlar“ (1989)
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |