Aziz Mavlonovich Qodirov — sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni.

Aziz Mavlonovich Qodirov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 12-oktabr 1913-yil
Vafoti 30-noyabr 1995-yil (82 yosh)
Тoshkent, O‘zbekiston
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari Hero of Socialist Labor medal.svg
SU Order of Lenin ribbon.svg SU Order of Lenin ribbon.svg SU Order of the October Revolution ribbon.svg SU Order of the Red Banner of Labour ribbon.svg SU Order of the Red Banner of Labour ribbon.svg SU Order of the Red Banner of Labour ribbon.svg SU Order of Friendship of Peoples ribbon.svg SU Order of the Red Star ribbon.svg SU Order of the Red Star ribbon.svg

BiografiyasiTahrirlash

Aziz Mavlonovich Qodirov 1913-yilda tugʻilgan. KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.

Qodirov Toshkent temir yoʻl muhandislari institutini tamomlagan. 1935-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1935-1980-yillarda temir yoʻlda muhandis, Toshkent temir yoʻl harakat xizmati boshligʻi, Oʻzbekiston SSR avtomobil transporti xalq komissari, Toshkent temir yoʻl boshligʻi yordamchisi, boshligʻi, Oʻrta Osiyo temir yoʻli boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

Aziz Mavlonovich Qodirov SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1959-yil 1-avgustdagi farmoni bilan Lenin ordeni va,,Oʻroq va,,Bolgʻa" oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Shuningdek, Qodirov Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti 2- va 9-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

Davlat va siyosat arbobi Aziz Mavlonovich 1995-yil 30-noyabrda Toshkent shahrida vafot etgan va Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan[1].

ManbalarTahrirlash

  1. „Место захоронения“. 23-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-noyabr 2017-yil.