Aziza Begmatova (asl ismi: Azza; 1943-yil 7-sentyabr, Surxondaryo viloyati, OʻzSSR) – oʻzbek teatr va kino aktrisasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1998), Oʻzbekiston xalq artisti (2006).

Aziza Begmatova
Tavalludi
Азза Begmatova

7-sentyabr 1943-yil (1943-09-07) (80 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi aktyor
Faoliyat yillari 1989—hozirgacha
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Hayoti

tahrir

Azza (Aziza) Begmatova 1943-yil 7-sentyabrda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan[1]. Aktrisaning bolaligi urush yillariga toʻgʻri kelgani uchun u bolalar uyida katta boʻlgan. Maktabni tamomlagach Toshkent teatr va rassomchilik san’ati institutida tahsil olgan. Professional faoliyatini Abror Xidoyatov nomidagi Oʻzbek davlat drama tearida boshlagan. U nafaqat oʻzbek kinosida balki bir nechta rus filmlarida ham suratga tushgan. Aktrisa oʻzbek tomoshabinlariga „Checha“ nomli spektaklidagi Checha obrazi orqali tanilgani sababli koʻpchilik oʻzbek tomoshabinlariga „Checha“ nomi bilan tanilgan[2][3]. Uning ishtirokida 50 dan ortiq kinofilmlar va spektakllar qoʻyilgan. Aziza Begmatova oʻzbek onalari va buvilari rollarini katta mahorat bilan ijro etadi[4].

Filmografiyasi

tahrir
Suratgan tushgan filmlar roʻyxati
Yil Nomi Obraz Izoh
2007 Vijdon Safsan loʻli rolida

Mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Aziza Begmatovaga tabrik“. muzaffar.uz (2023-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 13-yanvar.
  2. „Aziza Begmatova“. dsmi.uz. Qaraldi: 2024-yil 13-yanvar.
  3. Eshmirzayeva „Aziza Begmatova Oʻzbekning chechasi istiqloldan soʻng tilga kirdi, dunyo koʻrdi … (+Video)“. uza.uz (2022-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 13-yanvar.
  4. 4,0 4,1 Usmonova „Aziza Begmatova — 80 yoshda“. uza.uz (2023-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 13-yanvar.