Otaqoʻzi Azizov
(Azizov Otaqo‘zidan yoʻnaltirildi)
Otaqoʻzi Azizov (1910.21.9, Qirgʻiziston, Oʻsh viloyati) – tilshunos. Oʻzbekistonda (1970) va Qoraqalpogʻistonda (1980) xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Filologiya fanlari doktori (1961), professor (1965). Rossiya Federatsiyasi Ta’lim akademiyasining chet el muxbir a’zosi (1968). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1932). Toshkent pedagogika institutida dotsent (1940–45), Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti (1945–48), Toshkent kechki pedagogika instituta (1948– 52), Toshkent Davlat Universiteti (1952-85)da rus tili kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari oʻzbek tilshunosligi, leksikografiyasi, rus va oʻzbek tillarining qiyosiy oʻrganish masalalariga bagʻishlangan. Azizov darsliklar, ruscha-oʻzbekcha va boshqa lugʻatlar tuzgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |