Azob al-Qabr (sinonimi azob al-barzox; „qabr jazosi“) — sinov, qabrdagi jazo, inson o‘lgan zahoti bo‘ladigan kichik sud. Shunga ko‘ra, qabr jannat yoki do‘zaxga kirishdan oldingi o‘tloq (yaylov)dir va unda dastlabki sud sodir etilib, bandaning qilgan amallariga yarasha dastlabki hukm belgilanadi. Ikki farishta — Munkar va Nakir bandaning islomga bo‘lgan munosabati haqida savol-javob qiladilar. Mo‘minlarni to qiyomat kuniga qadar qabrda tinch-osoyishta, orom olib yotishi uchun qoldiradilar. Gunohkorlarni og‘ir yuk (bosim) bilan qiynaydilar, dinsizlarni farishtalar bundan tashqari yana Alloh taoloning xohishiga qarab, baʼzan qiyomatgacha betinim suratda uradilar.Barro ibn Ozib roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “يُثَبِّتُ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا بِالْقَوْلِ الثَّابِتِ oyati qabr azobi haqida nozil bo‘lgan. Unga: “Robbing kim” – deyiladi, u: “Robbim Alloh, Payg‘amba­rim Muhammad sollallohu alayhi va sallam”, – deydi. O‘shanday deyishi U zot Azza va Jallaning:

(Alloh imon keltirganlarni dunyo hayotida ham, oxiratda ham ustuvor So‘z (Imon kalimasi) bilan sobitqadam qilur) (so‘zining isbotidir) Imom Muslim rivoyati