BMT Bosh kotibi — BMT ustaviga asosan (97-modda), ushbu tashkilot maʼmuriyatidagi bosh mansabdor shaxs. BMT Bosh kotibi BMT Bosh assambleyasi tomonidan, BMT Xavfsizlik kengashi tavsiyasiga koʻra, qayta saylanish imkoniyati bilan 5 yillik muddatga qayta saylanadi. BMT Bosh kotibi Bosh Assambleya tomonidan oʻtkaziladigan barcha kengashlarda ishtirok etadi, shuningdek oʻziga yuklatilgan boshqa vazifalarni ham bajaradi. Bosh kotibning vazifasi maʼmuriy-ijrochilik xarakteriga ega[1].

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbekiston Yuridik Ensiklopediyasi