BMT ustavi — mohiyatiga koʻra zamonaviy xalqaro huquq yutuqlarini oʻzida mujassamlashtirgan benazir hujjat. BMT ustavi "Biz, Birlashgan Millatlar xalqlari, qatʼiyat bilan… " soʻzlari bilan boshlanuvchi muqaddima va 111 moddadan iborat boʻlib, 19 bobni oʻz ichiga oladi. BMT ustavining birlamchi loyihasi 1944-yilning avgust-oktyabr oylarida Dumbarton-Oks (AQSh)da boʻlib oʻtgan konferentsiyada sobiq Sovet Ittifoqi, AQSh, Buyuk Britaniya va Xitoy vakillari tomonidan ishlab chiqildi. „Katta uchlik“ rahbarlari ishtirokidagi Qrim (Yalta) konferentsiyasida (1945-yil, fevral) tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun tinchliksevar kuchlar bilan hamkorlikda universal xalqaro tashkilot yaratish masalasi ham qizgʻin muhokama qilindi. Uch buyuk davlat Sovet ittifoqi, AQSh, Buyuk Britaniya rahbarlari 1945-yil 13-fevralda eʼlon qilingan qoʻshma kommyunikellarida avvalgi kelishuvlarga muvofiq tashkilot Ustavini tayyorlash uchun 1945-yil 25-aprelda San-Fransisko shahrida Birlashgan Millatlar konferensiyasini chaqirish zarurligi taʼkidlandi. Tinchlikni taʼminlashning tub masalalarida ushbu tashkilotning faoliyati buyuk davlatlarning xamfikirligi prinsipi asosida boʻlishi belgilab quyildi[1].

Manbalar tahrir

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi