BMTning ingliz tili kuni (inglizcha: UN English Language Day) — xalqaro bayram bo‘lib, u har yili 23-aprelda nishonlanadi . Bayram 2010-yilda BMT Jamoatchilik axboroti departamenti tomonidan “ko‘p tillilik va madaniy turfa xillikni nishonlash hamda BMTning barcha rasmiy oltita tillaridan teng huquqli foydalanishni targ‘ib qilish maqsadida” ta’sis etilgan .

23-aprel sanasi "an’anaviy tarzda nishonlanadigan Uilyam Shekspirning tug‘ilgan kuni va vafot etgan kuni" sifatida tanlab olingan [1]. Ingliz tili bilan bir qatorda BMTning qolgan beshta rasmiy tili sharafiga xalqaro bayramlar ham o‘tkaziladi.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. „English Language Day, 23 April“. 2013-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-aprel.

Havolalar tahrir