Ba Dun (1995-yil 16-sentyabrda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasi klubi Tianjin Jinmen Tigerda oʻynaydi. Xitoy terma jamoasi sharafini xalqaro maydonda himoya qiladi.

Ba Dun
巴顿
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 16-sentyabr 1995-yil (1995-09-16) (28 yosh)
Tavallud joyi Yantai, Shandong, Xitoy
Boʻyi 1.81 m (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Tianjin Jinmen Tiger
Raqami 29
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2010—2014 Beijing Guoan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2021 Beijing Guoan 49 (4)
2015—2016Meizhou Hakka (Ijara) 13 (3)
2021Tianjin Jinmen Tiger (Ijara) 20 (2)
2022- Tianjin Jinmen Tiger 11 (5)
Milliy terma jamoa
2017—2018 Xitoy U-23 11 (0)
2021- Xitoy 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(11-avgust 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (16-noyabr 2021-yil uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Ba Dun professional futbolchilik faoliyatini 2014-yilda Xitoy Superligasi vakili Pekin Guoanning asosiy jamoasiga koʻtarilgandan soʻng boshlagan[1]. U 2015-yil iyul oyida Xitoyning ikkinchi liga jamoasi "Meizhou Hakka " jamoasiga yarim mavsum uchun ijaraga berilgan. Meizhou Hakka 2016-yilning yanvarida Xitoy ligasi 1ga koʻtarilgach, ijara shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirgan. U 2016-yilgi mavsumda jarohat tufayli atigi beshta oʻyinda maydonga tushgan.

Ba 2017-yilgi mavsumda Pekin Guoanning asosiy jamoasiga qaytgan[2]. U bosh murabbiy Jose Gonzalez klub tomonidan ishdan boʻshatilgandan soʻng yangi murabbiy Tang Shidan tomonidan asosiy tarkibga chaqirilgan[3]. 2017-yil 18-iyun kuni u Superligadagi debyutini oʻz uyida "Tianjin TEDA "ga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazib, 60-daqiqada Renato Augustoning goliga assistentlik qilgan[4]. U Pekin Guoan uchun birinchi golini 2017-yil 5-avgust kuni „Shandon Luneng Taishan“ga qarshi kechgan bahsda (2:2) kiritgan[5]. 2017-yilgi mavsum yakunida u Xitoy Superligasida 17 ta oʻyinda maydonga tushib va bir marta gol urgan[3].

2022-yil 22-yanvarda Ba Xitoy Superligasi klubi „Tianjin Jinmen Tiger“ga oʻtgan[6].

Xalqaro faoliyati tahrir

2021-yilning 16-noyabrida Ba 2022-yilgi Jahon chempionati saralashida Avstraliyaga qarshi oʻyinda (1:1) xalqaro maydondagi debyutini oʻtkazgan[7].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Liga kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Beijing

Guoan

2014 Xitoy Superligasi 0 0 0 0 0 0 - 0 0
2015 0 0 0 0 0 0 - 0 0
2017 17 1 1 0 - - 18 1
2018 20 1 4 0 - - 24 1
2019 9 1 2 0 4 1 0 0 15 2
2020 3 1 0 0 5 0 - 8 1
Jami 49 4 7 0 9 1 0 0 65 5
Meizjou Hakka (ijara) 2015 Xitoy Ikkinchi ligasi 8 3 0 0 - - 8 3
2016 Xitoy Birinchi ligasi 5 0 1 0 - - 6 0
Jami 13 3 1 0 0 0 0 0 14 3
Karyerada jami 62 7 8 0 9 1 0 0 79 8

Xalqaro statistika tahrir

Milliy terma jamoa
Yil Oʻyin Gol
2021 1 0
Jami 1 0

Manbalar tahrir

  1. „2014中超联赛北京国安队官方名单“ (xitoycha). Sohu (2014-yil 7-mart). Qaraldi: 19-iyun 2017-yil.
  2. „2017中超名单之北京国安:新时代开启 唐诗领衔新人“ (xitoycha). Sina (2-mart 2017-yil). Qaraldi: 19-iyun 2017-yil.
  3. 3,0 3,1 „国安若得韦世豪或和巴顿先发 曾考察留葡95中卫“ (xitoycha). Sina (25-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 25-dekabr 2017-yil.
  4. „国安U23小将首秀献助攻 巴顿:这一刻已等多年“ (xitoycha). Sohu (19-iyun 2017-yil). Qaraldi: 19-iyun 2017-yil.
  5. „中超-佩莱凌空斩巴顿首球 国安2-2鲁能4连胜中止“ (xitoycha). Sina (5-avgust 2017-yil). Qaraldi: 7-avgust 2017-yil.
  6. „官方:北京国安前锋巴顿正式加盟天津津门虎“. Dongqiudi (22-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 22-yanvar 2022-yil.
  7. „12强赛-武磊点射颜骏凌神扑 国足1-1咬平澳大利亚“. Sina Sports (16-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 17-noyabr 2021-yil.