Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi

О‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yо‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorlini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar tо‘g‘risida” 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qarori hamda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “О‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yо‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” 2021-yil 21-iyundagi 385-son qarori asosida
tashkil etilgan.[1]

O'zBa huzuridagi Markaz
Turi Davlat ta'lim muassasasi
Maqomi Amalda
Ishga tushgan sanasi 6-yanvar, 2022-yil (2 yil avval) (2022-01-06)
Joylashuvi Toshkent shahri, Shirin koʻchasi, 1A-uy
Direktori Davronbek Shukurov
Vebsayti uzbamarkaz.uz
Til(lar)i oʻzbek
Map

Markazning asosiy vazifalari

tahrir

- davlat oliy va professional ta'lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari, bolalar musiqa va san'at maktablarining tasviriy va amaliy san'at, dizayn, san'atshunoslik hamda muzeyshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish;

- iqtidorli yosh professional san'at namoyandalarining bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘qitishning zamonaviy shakl va uslublari, samarali pedagogik texnologiyalar, elektron axborot resurslaridan keng foydalangan holda ta'lim jarayonining yuqori darajada olib borilishini ta'minlash;

- o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni hisobga olgan holda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv rejalari va dasturlarini tizimli ravishda takomillashtirish;

- badiiy ta'lim yo‘nalishlaridagi pedagog va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarining o‘quv-metodik bazasini shakllantirish va faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularga tashkiliy-metodik rahbarlikni
amalga oshirish. [2]

Markazdagi ta’lim turlari

tahrir
  • Malaka oshirish;
  • Qayta tayyorlash.

Malaka oshirish kursi yo'nalishlari

tahrir
  • Tasviriy san’at (turlari bo‘yicha);
  • Amaliy san’at (turlari bo‘yicha);
  • Dizayn (turlari bo‘yicha);
  • Grafika (turlari bo‘yicha);
  • Haykaltaroshlik (turlari bo‘yicha);
  • San’atshunoslik (turlari bo‘yicha);
  • Muzeyshunoslik (turlari bo‘yicha).

Qayta tayyorlash kursi yo'nalishlari

tahrir

Badiiy ta’limning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha sohaga nomutaxassis hisoblangan professor o‘qituvchilar uchun qayta tayyorlash kurslari mavjud:

Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan talabgorlar uchun:

tahrir
  • Rangtasvir (turlari bo‘yicha).

O‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan talabgorlar uchun:

tahrir
  • Badiiy zardo‘zlik usta-rassomi;
  • Badiiy kashtachilik usta-rassomi;
  • Badiiy naqqoshlik usta-rassomi;
  • Liboslar dizayneri;
  • Dastgohli rangtasvir.

Xorijiy hamkorlar

tahrir
  • Jawaharlal Nehru Architecture and Fine Arts University, Hindiston;
  • Keimyung University, Koreya.
  • Azerbaijan State Academy of Fine Arts, Ozarbayjon;
  • Institute for Art and Restoration - Palazzo Spinelli, Italiya;
  • Казахская национальная академия искусств имени Темирбека Жургенова, Qozog'iston;
  • Санкт-Петербургская государственная художественно-промышленная академия имени А.Л.Штиглица, Rossiya;
  • Erzincan Binali Yildirim University, Turkiya;
  • Белорусская государственная академия искусств, Belorusiya;
  • Batumi Art Teaching University, Gruziya;

Manbalar

tahrir
  1. „Badiiy akademiya huzurida yangi markaz tashkil etiladi“. Kun.uz (2020-yil 2-may). Qaraldi: 4-oktabr 2024-yil.
  2. „Badiiy akademiya o‘quv markazining vazifalari belgilandi“. Kun.uz (2021-yil 25-iyun). Qaraldi: 4-oktabr 2024-yil.

Havolalar

tahrir