Badoyeʼ ul-vaqoe — tarixiy asar. Zayniddin Vosifiy tomonidan memuar (esdalik) janrida, fors tilida yozilgan.

Asarda Oʻrta Osiyo, Eron va Xurosonda yashagan xalqlarning turmush tarzi, madaniy hayot, xonlar, hukmdorlar, zodagonlar toifasi, oʻsha davr savodxon qatlamining maʼnaviy dunyosi va hokazolar qatorida harbiy yurishlar, istilolar, urush va jang voqealari toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan[1].

„Badoyeʼ ul-vaqoe“ning bizgacha koʻplab nusxalari yetib kelgan. Memuarning 31 nusxasi aniqlangan boʻlib, ulardan 3 tasi eski oʻzbek yoki chigʻatoy tiliga oʻgirilgan. OʻzR FA Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida bu asarning bir necha nusxalari saqlanadi. „Badoyeʼ ul-vaqoe“ning qisqartirilgan varianti 1979-yilda oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Asarda XVI asrning birinchi yarmida Movarounnahrda sodir boʻlgan voqealar tasvirlangan[1].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Zamonov 2021, s. 10—11.

Adabiyotlar tahrir

  • Zamonov A.. Buxoro xonligi tarixi: metodik qoʻllanma. Toshkent: Bayoz, 2021 — 264 bet. ISBN 978-9943-6372-0-7.