Bahla qal’asi
Bahla qal’asi (arabcha: قلعة بهلاء; Qal’at Bahlaʼ) — Ummondagi bu qal’a Jebel-Axdar togʻlari etagida joylashgan toʻrtta tarixiy qal’adan biri hisoblanadi. Va mamlakatdagi yagona YuNESKO roʻyxatiga kiritilgan qal’adir.1987-yilda qoʻshilgan.
Qal’a katta restavratsiya ishlarini olib bordi va 2012-yilda qayta ochildi. Biroq, majmuaga tashrif buyuruvchilar haqida maʼlumotga ega emas. Ushbu katta maydon haqida koʻproq maʼlumot olish uchun hech qanday koʻrgazmalar yoki reklamar yoki qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etish uchun qoʻllanmalar mavjud emas. Shuning uchun odamlar bu qal’a haqida bilish uchun sayohatga borishlari yoki mustaqil ravishda kashf qilishlari kerak.
Bahla qal’asi tarixi
tahrirQal’a 12-15 asrlarda bu hudduda yashagan va oʻsha paytda isiriq savdosini nazorat qilish bilan mashhur boʻlgan Banu Nebhon qabilasi tomonidan qurilgan deyiladi.
Majmua tarkibida qal’aga tutash boʻlgan qal’a vohasi va 13 kilometrlik qadimiy devor mavjuddir. Uning bir qismi hozirgacha saqlanib qolgan. Vohaning bazi qismlari vayronaga aylangan, ammo qurilishi va baʼzi qismlari va uylari hali ham saqlanib qolgan.
Qal’a loy va somondan gʻishtdan qurilganligi tufayli, qayta tiklash ishlari boshlangunga qadar bu qal’aga eroziya zarar yetkazgan. Bundan tashqari qal’a atrofida koʻplab afsonalar mavjud.
Bahla qal’asining tuzilishi
tahrirQal’a uchta asosiy qismdan iborat. Qal’aning eng qadimiy qismi Al-Qasabahdir. Ikkinchi qiami Baytul-hadis yoki yangi uy Yaʼriba sulolasi (1624-1743) tomonidan qurilgan. Yana bir qismi Bayt al-Jabal 18-asrda qurilgan.
Fort uchun xavflar
tahrir- Pishirilmagan gʻishtning chirishi ehtimoli bor
- Drenaj yomon
- Sokni qayta qurishda zamonaviy materiallardan foydalanilgan [1]
Oldingi holatiga qaytarish
tahrir1995-yilda konservatsiyaga urinish restavratsiya emas, balki taʼmirlash deb topildi. Chunki qayta qurishdan maqsad qal’ani yangi koʻrinishga keltirish edi. Lekin bu taʼmirlash ishlari arxeologik, topografik, meʼmoriy yoki texnik tadqiqotlarsiz boshlangan.
Dastlabki bino loy gʻisht va ohak va gipsdan qurilgan edi. Qayta tiklashda devorlarni shunday qattiq qoplash uchun tosh va sement ishlatilganligi uchjn asl devorlar umuman koʻrinmasdi.
Sugʻorish muammosi, chunki yaqinda bu qadimiy binoni saqlab qolish boʻyicha hech qanday harakatlar boʻlmagan. Qal’ani oʻrab turgan qadimiy devorning qismlari yonidagi qurilishlar tufayli vayron qilingan yoki katta zarar yetkazilganva oʻzgartirilgan. [2]
Manbalar
tahrir- ↑ Centre. „Bahla Fort“ (en). whc.unesco.org. Qaraldi: 2018-yil 7-noyabr.
- ↑ Centre. „UNESCO World Heritage Centre - State of Conservation (SOC 2018) Bahla Fort (Oman)“ (en). whc.unesco.org. Qaraldi: 2018-yil 7-noyabr.