Bahodir Ilyasov
Bahodir Qiyomovich Ilyasov (1961-yil 14-avgust, Shahrisabz tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi) – temir yoʻlchi, „Mehnat shuhrati ordeni“, „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni sohibi.
Bahodir Ilyasov | |
---|---|
Tavalludi |
14-avgust 1961-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | temir yoʻlchi |
Turmush oʻrtogʻi | Oydin Joʻrayeva |
Mukofotlari |
Hayoti va mehnat faoliyati
tahrir1961-yil 14-avgustda Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani Irgʻovul qishlogʻi (hozir Shahrisabz tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston Respublikasi) da tugʻilgan[1].
Mehnat faoliyatini 1978—1985-yillarda Shahrisabz tumanidagi shirkat xoʻjaliklarining birida mexanizator sifatida boshlangan. Keyinchalik yaʼni 1985-yil 1-iyuldan Oʻzbekiston temir yoʻllari aksiyadorlik jamiyatining 214-mashinalashgan temir yoʻl stansiyasida yoʻlchi sifatida ish boshlaydi. Bir qator temir yoʻl sohasidagi qurilish loyihalarida xususan Toshgʻuzor-Boysun-Qumqoʻrgʻon qurilishida ishtirok etgan[1].
2001-yilda „Mehnat shuhrati ordeni“, 2006-yili esa „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni bilan[2] taqdirlangan.
Oilasi
tahrirOilali. Turmush oʻrtogʻi – Oydin Joʻrayeva. Toʻrt nafar farzandi bor. Oʻgʻli – Ismatulla Ilyasov otasi faoliyat yuritgan Oʻzbekiston temir yoʻllari aksiyadorlik jamiyatining 214-mashinalashgan temir yoʻl stansiyasida ishlaydi[3].
Mukofotlari
tahrir1. 2001-yil – „Mehnat shuhrati ordeni“,
2. 2006-yil – Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalardagi uzoq yillik qahramonona mehnati, xalqimizning bebaho madaniy-maʼnaviy merosini saqlash va rivojlantirish hamda yosh avlodni vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida, har tomonlama barkamol etib tarbiyalashga qoʻshgan katta hissasi uchun – „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni[2].
Yana qarang
tahrirAdabiyotlar
tahrirMuhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor va boshqalar. Oʻzbekiston qahramonlari. Toshkent: Adabiyot, 2021 — 216-bet. Qaraldi: 11-avgust 2023-yil.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor 2021, s. 120.
- ↑ 2,0 2,1 „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 25.08.2006 yildagi PF-3789-son“. Lex.uz (2006-yil 25-avgust). Qaraldi: 28-dekabr 2023-yil.
- ↑ Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor 2021, s. 121.