Bahodir Majidxon – (1903 – 1977) Toshkentda zamonasining koʻzga koʻringan olimlaridan Imom Muhammadxon oʻgʻli Bahodirxon maxdum oilasida tugʻilgan. Oʻrta Osiyo paxtachilik institutining 1934-yil bitiruvchis Tuproqshunos, arabshunos, arab kafedrasining dastlabki mudiri, mohir pedagog, qishloq xoʻjalik fanlari nomzodi, professor. 1919–1921 oʻqituvchilar tayyorlash kursida oʻqib, Toshkentdagi 19-son maktabda oʻqituvchi, 45-son maktabning asoschisi, mudiri, ham oʻqituvchisi lavozimida ishlagan. 1925-1927-yillar savodsizlar va chalasavodlilar kurslarida, 1928-1930 yillarda maktab va pedagogika bilim yurtilarida oʻqituvchilik qilgan. M.Bahodirov 1930-1934-yillar Oʻrta Osiyo paxtachilik institutiga oʻqib turib ham pedagoglik faoliyatini davom ettiravergan. 1935-yilda M. Bahodirov SAXI (hozirgi Toshkent davlat agrar universiteti)ning tuproqshunoslik kafedrasiga taklif etilgan (va shu bilim dargohida umrining oxiriga qadar (1977) samarali mehnat qilgan). 1945-yilda Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti), Sharq fakultetida arab filologiyasi kafedrasini tashkil etish uchun ishga jalb etilgan va bu kafedrada mudir lavozimida ishlagan hamda rus guruhlariga arab tilidan dars berish bilan mashgʻul boʻlgan (1945-1948). U paytlar, tegishli darslik va oʻquv qoʻllanmalari boʻlmagani bois, M.Bahodirov (ichki foydalanish uchun) “Arab filologiyasiga kirish” va “Arabcha xrestomatiya” hamda boshqa qator oʻquv qoʻllanmalarini tuzgan, shuningdek universitetning filologiya fakulteti talabalari va Fanlar akademiyasi institutlarining aspirantlariga, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi kurslarida arab tilidan maxsus kurslar oʻqigan, ham arab tilidan dars bergan. M.Bahodirov qator orden, medal va Faxriy yorliqlar bilan mukofotlangan, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Toshkent davlat agrar universitetida tuproqshunoslik kafedrasi talabalari uchun Majidxon Bahodirov nomida stependiya taʼsis etilgan.

Ilmiy yoʻnalishi tahrir

– tuproqshunoslik, arabshunoslik, arab tili va adabiyoti, fan tarixi, manbashunoslik. M.Bahodirov 40 ga yaqin ilmiy asarlar yaratdi. Oʻzbekiston ensiklopediyasi uchun tuproqshunoslikka doir soʻzlik tuzib chiqdi hamda respublika gazeta va jurnallariga koʻplab maqolalar yozib berdi.

=Asosiy ilmiy ishlari tahrir

Nomzodlig. disertatsiya. mavzusi: “Tuproqlar shoʻrlanishining tut daraxtining oʻsishiga taʼsiri va Oʻzbekistonda tutchilikni istiqbolli rivojlanishida tuproq resurslari” – Toshkent, 1946.

  1. Ruscha – Ozbekcha agrotuproqsunoslik terminlari sozligi . –Toshkent, 1940. – 88 b. – N.V.Kimberg bilan hammualliflikda.
  2. Oʻzbekiston tuproqlarining oʻziga xos xususiyatlari // Gʻoʻza agrotexnikasi: monografiya / masʼul muharriri va maulliflaridan. –Toshkent: Oʻzdavnashr, 1949. –– 171 b.
  3. Obyemny metod opredeleniya udelnogo vesa tverdoy faz pochv // Izvestiya AN UzSSR. №9. – Tashkent, 1955. – S.53-56.
  4. Tuproqshunoslik: Qishloq xoʻjalik texnikumlari uchun darslik. – Toshkent, Oʻzdavnashr, 1956. – B. 253 b.
  5. Qisqacha ruscha-oʻzbekcha tuproqshunoslik terminlari lugʻati. – Toshkent: Oʻzdavrnashr, 1956. – 85 b. – Ya.Nosirov, M.Umarov, H.Mirahmedovlar bilan hammualliflikda.
  6. Ispolzovaniye zasolennx zemel pod kulturu shelkovis // Trud TashSXI. Vip.7. – Tashkent: TashSXI, 1956. – S. 77–86.
  7. Tuproqshunoslik va uning unumdorligini oshirish yoʻllari. – Toshkent: Oʻzdavnashr, 1957. – 96 b.: Ikkinchi nashri, 1964. – 95 b.
  8. Oʻzbek maktablarida sharq tillarini oʻrganish masalasiga doir // Oʻqituvchilar gazetasi, 1957-yil, 24-may (№ 44). –B.3.
  9. Tuproqshunoslikdan amaliy mashgʻulotlar: Qishloq xoʻjalik texnikumlari uchun qoʻllanma. –Toshkent: Oʻzdavnashr, 1958. – 112 b.; ikkinchi nashri, 1965. –111 b.; 3-nashri, Oʻqituvchi, 1975. – 111 b.– H.Mirahmedov bilan hammualliflikda.
 Mirzachoʻldagi yangidan sugʻorilayotgan yerlarni oʻzlashtirish va tuproq shoʻrlarini oldini olish/ Trude TashSXI, vep. 14 – Toshkent: TashSXI, 1961. – B.147–149.
  1. Oʻzbekiston tuproqlarining oʻziga xos xususiyatlari // Gʻoʻza agrotexnikasi. –Toshkent: Oʻzdavnashr, 1962. – B. 143-145.
  2. Tuproqshunoslik: Qishloq xoʻjalik texnikumlari uchun darslik.–Toshkent, Oʻrta va oliy maktab, 1963. –2-nashri. – 254 b.– 3-nashri, Oʻqituvchi, 1971. – 271 b.
  3. Tuproqshunoslik: Qishloq xoʻjalik institutlari uchun darslik. Toshkent: Oʻqituvchi, 1975. – 375 b. – A.Rasulov bilan hammualliflikda.
  4. Arab tili. Oʻquv matnlari. – Toshkent: “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2008. –132 b.– (R.M.Bahodirov bilan hammualliflikda.
  5. Beruniy asarlarida tuproqshunoslik masalalari // Sharqshunoslik. Vostokovedeniye. Oriental studies. – Toshkent: TDSHI, 2015. – № 2-3. – B. 39-51. –R.Bahodirov bilan hammualliflikda.
  6. Oʻzbek ensilopediyasidagi qator ilmiy maqolalar muallifi.