Bai Jiajun
柏佳骏
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 20-mart 1991-yil (1991-03-20) (33 yosh)
Tavallud joyi Shanghai, Xitoy
Boʻyi 1.66 m (5 ft 5 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Shanghai Shenhua
Raqami 23
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2006 Genbao Football Academy
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2012 Shanghai East Asia 90 (1)
2012Shanghai Shenhua (ljara) 12 (1)
2013- Shanghai Shenhua 157 (2)
Milliy terma jamoa
2005—2006 Xitoy U-17
2010 Xitoy U-20
2012 Xitoy U-22 5 (0)
2017- Xitoy 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(10-noyabr 2020-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (10-yanvar 2017-yil uchun)

Bai Jiajun (1991-yil 20-martda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Shanghai Shenhua“ klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati tahrir

Shanghaida tugʻilgan Bai 2000-yilda Genbao futbol akademiyasiga qoʻshilgan va akademiyaning bosh murabbiyi Xu Genbao uni kelajak porloq futbolchi sifatida oʻzi uchun kashf etgan. Bai 2007-yilda Xitoyning Ikkinchi liga jamoasi Shanghai East Asia jamoasiga qoʻshilgan. 2008-yil 31-oktyabrda u oʻzining birinchi golini „Jiangsu Sainty“ga qarshi safarda kiritgan.

2012-yilning 4-iyulida Bai Xitoy Superligasi vakili „Shanghai Shenhua“ga 4 oylik ijara shartnomasi asosida qoʻshilgan. U Superligadagi debyutini 14-iyul kuni oʻz maydonida „Beijing Guoan“ga qarshi oʻyinda (3:1) oʻtkazgan. Shundan soʻng u tezda jamoada oʻzini namoyon qilgan va chap qanot himoyachisiga aylangan. Uning Superligadagi birinchi goli 15-sentabr kuni „Liaoning Whowin“ jamoasi darvozasiga kiritgan. Bai 2013-yil fevral oyida Shanghai Shenhuaga doimiy transfer qilingan. U 2017-yilning 19-noyabrida klub bilan shartnomasini besh yilga uzaytirgan[1]. 2019-yil 7-mart kuni Bay Shanghai derbisida „Shanghai SIPG“ futbolchisi Oskarning boshiga tirsagi bilan zarba bergani uchun beshta oʻyinga diskvalifikatsiya qilingan[2][3].

Xalqaro faoliyati tahrir

Bai Xitoy U-17 terma jamoasiga ilk bor 2005-yilda chaqirilgan. U 2006-yil sentyabr oyida 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok eta olmagan. 2010-yil yanvar oyida Bai Su Maozhen tomonidan Xitoy U-20 terma jamoasiga chaqiruv olgan. Bai 2012-yil aprel oyida Xitoy U-22 terma jamoasidan chaqiruv olgan va 2012-yil iyun oyida Laos davlatida oʻtkaziladigan 2013-yilgi OFK U-22 Osiyo Kubogi saralashi uchun tarkibga kiritilgan.

2017-yilning 10-yanvarida Bai Xitoy milliy terma jamoasi safida Islandiyaga qarshi 2017-yilgi Xitoy kubogida debyut qilgan va 65-daqiqada Deng Xanven oʻrniga maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Shanghai East Asia 2007 Xitoy Ikkinchi Ligasi 0 - - - 0
2008 Xitoy Birinchi Ligasi 20 1 - - - 20 1
2009 21 0 - - - 21 0
2010 14 0 - - - 14 0
2011 23 0 2 0 - - 25 0
2012 12 0 0 0 - - 12 0
Jami 90 1 2 0 0 0 0 0 92 1
Shanghai Shenhua (Ijara) 2012 Xitoy Super Ligasi 12 1 1 0 - - 13 1
Shanghai Shenhua 2013 23 0 0 0 - - 23 0
2014 21 0 4 0 - - 25 0
2015 26 1 7 0 - - 33 1
2016 26 0 3 0 - - 29 0
2017 15 1 3 0 1 0 - 19 1
2018 25 0 0 0 3 0 0 0 28 0
2019 15 0 2 0 - - 17 0
2020 6 0 0 0 1 0 - 7 0
Jami 157 2 19 0 5 0 0 0 181 2
Karyerada jami 259 4 22 0 5 0 0 0 286 4

Yutuqlar tahrir

Klub tahrir

Shanghai Shenhua

  • Xitoy FA kubogi : 2017[3] 2019[4]

Manbalar tahrir

  1. „足协杯决赛前定军心 申花官方宣布与四将续约5年“. Sina (19-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 20-noyabr 2017-yil.
  2. „足协公布罚单:柏佳骏肘击禁赛5场 孙世林禁赛4场“. Sina (7-mart 2019-yil). Qaraldi: 8-mart 2019-yil.
  3. 3,0 3,1 „足协杯-马丁斯轰世界波 申花总分3-3上港夺冠“. sports.sina.com.cn (26-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 16-avgust 2019-yil.
  4. „申花打破足协杯先主后客夺冠魔咒 并终结尴尬纪录“. sports.sina.com.cn (6-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 6-dekabr 2019-yil.