Balvenie qal’asi (inglizcha: Balvenie) ― Shotlandiyaning Moray mintaqasida joylashgan.

Balvenie qal’asi Dufftowndan bir mil shimolda joylashgan. U haqida birinchi eslatma 1200-yillarga toʻgʻri keladi, Fergusning qizi, Buchanning soʻnggi kelt grafi Marjori yangi Shotlandiya aristokratlari vakillaridan biri William Comynga turmushga chiqqan. William yangi graf boʻlgan, shuningdek, Balvenie lordi unvonini oldi. William (yoki uning oʻgʻli Aleksandr) bu qal’ani Glen Fiddichda qurgan.

XIII asrning boshlarida Comynlar qirol Robert Bryus bilan janjallashib qolishgan va 1400-yillarning boshlariga qadar Balveniening taqdiri noaniq qolgan. XV-asrning boshlarida qal’a qudratli qora Duglas oilasi qoʻliga oʻtdi. Ammo ular ham 1455-yilda qirol James II bilan behuda kurashib, unutilib ketishdi. U, oʻz navbatida, Balvenieni qarindoshlaridan biri — John Stuartga berdi.

Stuartlar qasrni qayta qurib, yashash uchun qulay qilishdi va 1550-yilda graf Atholl qal’aga nafis Uygʻonish davri uyini qoʻshdi. Qirolicha Mery Stuart bu yerga 1562-yil sentabr oyida tashrif buyurdi. Balvenie qal’asi vaqt sinoviga dosh bera olmadi va oʻzgaruvchan modaga moslasha olmadi. Uning yaqinida yangi, qulayroq uy qurildi va 1720-yilga kelib qal’a aholisi tomonidan tashlab ketildi va asta-sekin vayron boʻla boshladi.

Balvinie qal’asi yaqinida ushbu qal’a nomini olgan The Balvenie (Balvini) spirtli ichimliklar zavodi joylashgan. William Grant tomonidan 1892-yilda asos solingan.

Tashrif buyuruvchilar uchun maʼlumot

tahrir

Qal’a apreldan sentabrgacha har kuni soat 9.30 dan 18.30 gacha ochiq. Kattalar uchun chipta: £ 3.00. Bolalar uchun chipta: £ 1,30.

Yana qarang

tahrir

Havolalar

tahrir