Banan respublikasi — xalqaro siyosatda beqaror, iqtisodiy jihatdan esa bir yoki bir nechta qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishga qaram boʻlgan, koʻpincha korrupsiya chuqur ildiz otgan va kichik elita tomonidan boshqariladigan davlatlar uchun haqoratomuz maʼnoda qoʻllanadigan siyosiy atama hisoblanadi.

„Banan respublikasi“ atamasi birinchi marotaba amerikalik yozuvchi O. Henry, 1862–1910), tomonidan ishlatilgan
Sloveniyadagi banan respublikasini anglatuvchi graffit

Gonduras „banan respublikasi“ boʻlgan birinchi davlat deb tan olingan. XX asrning boshlarida „United Fruit Company“ Hondurasda juda katta taʼsirga ega edi. Bu katta taʼsirdan foydalanib, shirkat yuqori soliq talab qilgan prezidentni agʻdarib, uning oʻrniga yangisini saylatgan[1].

1871-yilda amerikalik temir yoʻl kompaniyasining egasi Henry Meiggs tomonidan Kosta-Rika hukumati bilan imzolangan temir yoʻl qurilishi shartnomasi doirasida temir yoʻl qurilishi boshlab yuboriladi. Boshqa tomondan, qurilish kompaniyasi ishchilar uchun arzon oziq-ovqat izlab, qurilayotgan temir yoʻl boʻylab banan yetishtirish boshlanadi.

Banan savdosining foydali ekanini koʻrgan kompaniya Lotin Amerikasida katta yerlarni sotib oladi va 1899-yilda „United Fruit Company“ nomi bilan bu savdoni monopoliyaga aylantiradi va oʻzi joylashgan mamlakatlar siyosatiga taʼsir eta oladigan kuchga aylanadi[2].

Garchi bu atama birinchi marotaba amerikalik yozuvchi O. Henry tomonidan 1904-yilda Amerika qitʼasining bir qismi sifatida taʼriflanuvchi 1823-yilgi „Monro doktrinasi“ga[3] muvofiq AQSHning mintaqaviy iqtisodiyot va siyosatini shakllantirgan bu qadamiga qarata ishlatilgan boʻlsa-da[4], keyinchalik, ayniqsa Sovuq urush yillarida u qaram davlat yoki qoʻgʻirchoq hukumatlarga nisbatan atama sifatida keng qoʻllanila boshladi. Bu atama Turkiya siyosatida, ayniqsa, XXI asrning ilk choragida tez-tez qoʻllana boshlagan, turk siyosiy hayotida qoloq mamlakatlarni Ugandaga qiyoslash duskursi oʻrnini egallagan[5][6][7].

Manbalar

tahrir
  1. Honduras, The Making of a Banana Republic. Between the Lines (İngilizce), 1988. Qaraldi: 27 mayıs 2013. 
  2. Honduras, The Making of a Banana Republic. Between the Lines (İngilizce), 1988 — sayfa 63-bet. Qaraldi: 27 mayıs 2013. 
  3. „US Historical Documents, The Monroe Doctrine“. The University of Oklohoma. 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 mayıs 2013.
  4. Bananas: How the United Fruit Company Shaped the World (İngilizce). New York: Cannongate Books, 2008 — sayfalar 68-69, 108-bet. Qaraldi: 27 mayıs 2013. „O. Henry was the first to use the term 'banana republic'...“ 
  5. „İsrail'e cevap: Türkiye Muz Cumhuriyeti değil“. haber7.com. 15 ocak 2010da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 mayıs 2013.
  6. „Kapusuz: Muz cumhuriyeti değiliz“. www.dunyabulteni.net. 5 şubat 2010da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 mayıs 2013.
  7. „Başbuğ: Böyle rezillik olur mu? Yeter yahu!“. Radikal gazetesi. Qaraldi: 27 mayıs 2013.