Banklararo operatsiyalar — bank operatsiyalarining bir koʻrinishi boʻlib, unda bank xizmatining ijrochilari va qabul qilib oluvchilari sifatida bank muassasalari qatnashadi. Bunda tijorat banklari oʻz mijozlariga koʻrsatadigan xizmatlarini bir-biruga ham qoʻllaydi. „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“gi OʻzR Qonunining 32-moddasiga muvodiq, banklar shartnoma asosida mablagʻlarni depozitlar, kreditlar shaklida bir-birlaridan jalb etishi va bir-biriga joylashtirishi, tashkil etiladigan hisob-kitob markazlari va vakillik hisobvaraqalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishi hamda litsenziyada nazarda tutilgan boshqa oʻzaro ioeratsiyalarni bajarishi mumkin[1].

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi