Banu isroil («Isroil o‘g‘illari») - Yahudiylar orasida keng tarqalgan va har bir yahudiy uchun muhim ahamiyat kasb etgan nomlardan biri. Tadqiqotchilarning qarashlariga ko‘ra, «Isroil» atamasi «Farishta bilan kurashib uni yenggan» degan ma’noni anglatadi. «Ibtido» kitobida keltirilishicha, bugungi kunda barcha yahudiylarga nisbatan ishlatiladigan «Isroil o‘g‘illari» nomi Ya’qub payg'ambarga Xudo tomonidan berilgan. Biroq bu borada Eliyahu Essas o‘ziga xos talqinni keltiradi: «Mohiyat nuqtai nazaridan haqiqatga yaqinroq ma’noni anglash uchun so‘zning ivrit tilidagi tarkibiy tuzilishini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Unga ko‘ra «i» harfi uchinchi shaxs, kelasi zamonni anglatadi; «s» va «r» - harflari «boshqarmoq, hukmronlik qilmoq» ma’nosini anglatuvchi o‘zak so‘zni; «il» esa, Yaratganning nomlaridan biridir. Umumiy ma’noda «Isroil» so‘zi - «Yaratgan bu dunyoni boshqaradigan kun keladi» ma’nosini ifodalaydi[1].

Manbalar tahrir

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 72.

Adabiyotlar tahrir

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.