Barangi
(Baranjidan yoʻnaltirildi)
Barangi, Baranji — ilk oʻrta asrlarda Oʻzbekistonning jan.da mavjud boʻlgan shahar. "B." nomi qad. eroniycha "bara" — devor, qalʼa yoxud shahar maʼnosini anglatadi. Shoʻrchi shahridan 8 km shim.-sharqda joylashgan. 10—11-asrlarda bu yerda metall ishlab chiqarish rivojlangan. Ayrim tadqiqotchilar (Sh. Kamoliddinov)ning fikricha, B. Shoʻrchi shahri oʻrnida boʻlgan. Shoʻrchi atrofidan 11 —12-asrlarda qurilgan koʻp ustunli namozgoh masjidi qoldiqlari chiqqan (1970-yil F. Hasanov). Mas-jid 6—8-asrlardagi inshoot oʻrnida qad koʻtargan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |