Baraxayn jamiya jamhuriya fozil madrasasi


Baraxayn jamiya jamhuriya fozil madrasasi[1] (arabcha: الجامعة الجمهورية الفاضلية بارخائن, bengalcha: বারখাইন জামেয়া জমহুরিয়া ফাযিল মাদরাসা) Chittagongning Anvara shahridagi Baraxayn shahrida joylashgan islomiy muassasadir[2]. U 1974-yilda talabalarga islomga asoslangan taʼlim va madaniyatni oʻrgatish maqsadida tashkil etilgan[3].

Baraxayn jamiya jamhuriya fozil madrasasi
(Jamhuriya madrasasi)
Asl nomi الجامعة الجمهورية الفاضلية بارخائن
Shiori ربّ زدنى علمًا
Ey Rabbim, menga ilm ber.
Asos solingan 1974-yil
Oʻquv yurti turi Islomiy arab universiteti
Prezident Abu Taher Mahmud
Talabalari 948 (2020)
Fakultetlar 21 (2020)
Manzili Baraxayn, Anvara, Chittagong, Bangladesh.

Joylashuvi tahrir

Bu madrasa Bangladeshning, Chittagong hududi Anvara shahridagi Baraxayn ittifoqida joylashgan[4][5].

Tarixi tahrir

Yuqorida tilga olingan madrasa 1974-yilda mahalliy aholi hamkorligida tashkil etilgan. 1975-yilda Bangladesh madrasalari taʼlim kengashi tomonidan daxil darajasi (SSC) bilan qabul qilingan. Shuningdek, 1996-yilda xuddi shu kengash tomonidan talabalarni alim darajasigacha (HSC) oʻqitish huquqi berilgan. Yana 2017-yilda Islom arab universiteti tomonidan fadil darajasiga qadar dars olishga ruxsat berilgan[6].

Muvaffaqiyati tahrir

Madrasa Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilgan 16- milliy taʼlim haftaligida upazila darajasidagi eng yaxshi muassasa deb topilgan[7][8].

Imkoniyatlari tahrir

Madrasa hududida ochiq bolalar maydonchasi, masjid, katta hovuz, axborot texnologiyalari xonasi, kutubxona va talabalar uchun yotoqxona mavjud.

Oʻqituvchilari tahrir

Mazkur muassasada 21 nafar oʻqituvchi va 3 nafar xodim faoliyat olib boradi.

Talabalari tahrir

Madrasada 2020-yil holatiga koʻra, deyarli 950 talaba tahsil olgan. Bu madrasa talabalari har yili JDC, daxil, olim va fadil sinflarini tamomlab oliy taʼlim olish uchun universitetga yuboriladilar.

Manbalar tahrir